Nuroniylar - jamiyat ko'rki. Chunki aynan shu yoshda inson umri hayotiy tajriba hamda hikmatlarga boy bo'ladi. Shu boisdan ham keksalar duosini olish xalqimizda qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Ularga mehr-muruvvat ko'rsatish, mushkulini oson qilish, ko'ngildagidek yashashi, dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish bugungi kunda davlat miqyosidagi masalaga aylangan.
Bu xayrli ishlarni amalga oshirishda tuman madaniyat va dam olish istirohat bog'i hududidagi "Nuroniylar maskani" majmuasi asosiy rol o'ynamoqda. 2018-yilda jamg'armaning hududiy bo'lim boshlig'i A.Azimov rahbarligida qad rostlagan ushbu maj-muaning har bir xonasi o'ta did bilan bezatilgan. Maj-muada xodimlar xonasidan tashqari majlislar zali, kutubxona, shaxmat-shash-ka musobaqalari o'tadigan xona, zal, tibbiy xona va oshxona mavjud. Zaruriy mebel, kompyuter texni-kasi va aloqa vositalari bilan ta'minlangan. Bu maskan tumanda yashovchi keksa avlod vakillarining sevimli go'shasiga aylangan.
Maskanga nuroniylar faqat dam olish uchun emas, balki haftada bir marta o'zlari yashaydigan mahallalarda olib borila-yotgan ishlari, kelgusi haftada qilinadigan vazifalar to'g'risida ham fikrlashish uchun to'planadilar. Ko'p narsa rahbarga bog'liq ekan. 2022-yilda tuman jamg'armasiga ko'p yillar tuman tashkilotlarida faoliyat yuritgan tajribali tinib-tinchimas inson Ochil Ahmedov rais bo'lgach, jamg'armadagi xayrli ishlar yanada jonlanib ketdi. Xususan, tumandagi keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligi sezilarli darajada oshdi. Ularning munosib hayot kechirishi va dam olishlarini ta'minlash, boshqa shaharlarga sayohatlar uyushtirish, yakka-yolg'iz ko'makka muhtoj keksalarning holidan xabar olish, sog'liqlarini mustahkamlash yo'lida har shanba kuni o'tkaziladigan "5000 qadam" sport tadbirlari shular jumlasidandir.
Ayniqsa, muhtaram Prezidentimizning joriy yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Xususan, birgina joriy yilda tumandagi barcha mahallalarda "Uch avlod" uchrashuvlari o'tkazildi.
Bundan tashqari, tuman markazida eng faol nuroniylar ishtirokida turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko'rik-tanlovlar muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.
Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori asosida mana ikki yildirki "Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" ko'rik-tanlovlari bo'lib o'tmoqda. Yaqinda ana shu tanlovning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda g'olib bo'lgan Raimqul Xo'jamurodov, Saparboy Ali-boyev va Jomonqul Qul-matovlar tanlovning viloyat bosqichiga yo'l-lanmani qo'lga kiritishdi hamda moddiy va ma'naviy rag'batlantirildi.
Kezi kelganda shuni alohida qayd etish ke-rakki, ushbu o'tkazi-layotgan tadbirlar yosh-larni ertangi kunning munosib vorislari qilib tarbiyalashda asosiy rol o'ynamoqda.
- Tumanimiz faollari mahallalardagi nuroniy-lar kengashi bilan ham-korlikda olib borilayotgan ishlarimiz natijasida tumanda oilaviy ajrim va jinoyatlar sezilarli da-rajada kamaymoqda, - deydi mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limining keksalar bo'yicha maslahatchisi, tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi Ochil Ahmedov. - Ayni paytda "Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" tamoyili asosida tumanimizdagi barcha mahallalardagi oilaviy sharoiti nochor, yetim yoki qarovchisi yo'q, nogironligi bor, tarbiyasi og'ir yoshlar faol nuroniylarga biriktirib berilgan.
- Davlatimiz tomonidan bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va g'amxo'rliklarga javoban biz nuroniylar ham qo'limizdan kelgancha mahallalarimiz va oilalarimizda tinchlik va totuvlikni ta'minlashda xizmat qilamiz, - deyditanlov g'olibi Saparboy Aliboyev. - "Gulzor" mahallasidan menga biriktirilgan o'n nafar yoshlar bilan ishlash davomida mahalla raisi Ilhom Begboyev va 36-umumta'lim maktabi direktori Lola Namazovalar yaqindan yordam bermoqda.
Bir so'z bilan aytganda tuman Nuroniylar jamg'armasi tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlar tumandagi barcha nuroniylarni xursand qilmoqda.

G'ulom O'ROLOV.