Hozirda Nuroniylar maskanida nuroniylarimiz gazeta mutolaa qilish, oynai jahon orqali berilayotgan yangiliklar, yurtimizdagi ijobiy oʻzgarishlardan boxabar boʻlish bilan birga shaxmat-shashka kabi sport oʻyinlari bilan ham mashgʻul boʻlishmoqda. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan shaxmat boʻyicha xotira turnirlari ham oʻtkazilib kelinmoqda.
Yaqinda tumanimizdagi “Niyozmat” MFYda yashab, xoʻjalik va tashkilotlarda koʻp yillar hisobchi vazifasida faoliyat yuritgan marhum nuroniy otaxon Bahriddin bobo Ernazarovning xotirasi uchun bagʻishlab Nuroniylar maskanida nuroniylar oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha xotira turniri boʻlib oʻtdi.
Turnir boshlanishidan oldin nuroniylar “Nuroniylar” jamgʻarmasi raisi O.Ahmedov boshchiligida Istirohat bogʻi hududidagi yangi qurilayotgan binolar, inshootlar bilan yaqindan tanishdilar. Soʻngra Bahriddin bobo va tuman rivojiga hissa qoʻshgan marhum nuroniylar haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Turnirni oʻtkazishda B.Ernazarovning oʻgʻli, 11-umumtaʼlim maktabining matematika-informatika fani oʻqituvchisi Fazlidin Ernazarov bosh-qosh boʻldi.
Nafaqadagi nuroniy Mirzaqayum Qodirov yetti yildan buyon Nuroniylar maskanida 80 nafar nuroniylardan iborat shaxmat guruhiga rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan xotira turniri ham toʻliq u kishining hakamligida oʻtdi. Qirqqa yaqin ishtirokchilar salkam olti soat shaxmat gʻolibligi uchun kurash olib borishdi. Murosasiz va qizgʻin davom etgan ushbu bellashuvda nihoyat gʻoliblar aniqlandi.
“Fozil Yoʻldosh” MFYda istiqomat qiluvchi nuroniy Yusuf bobo Ismoilov faxrli 1-oʻrin, qoʻshni Oqdaryo tumanidan tashrif buyurgan nuroniy Sherzod Abdullayev faxrli 2-oʻrin va “Doʻstlik” MFYda istiqomat qiluvchinuroniy Muhammadjon Shaxsirov faxrli 3-oʻrin sohibi boʻlishdi.
Xotira turniri gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Toʻlqin SHERBOYEV,
Rabbim HOTAMOV.