"Suyunchi" filmini hammamiz yaxshi bilamiz va yaxshi ko'ramiz. Mentalitetimizga yaqin bo'lgani uchun qayta-qayta tomosha qilamiz. Haqiqatdan ham filmdagi voqealar aynan hayotimizdan olingan. Filmdagi Anzirat ona timsoli orqali mahalla uchun, uning xalqi uchun jon kuyidaridan inson gavdalantirilgan.
Haqiqatdan bugungi kunda ham har bir mahallada ana shunday jonkuyar nuroniylarimiz mavjud. Misol uchun, "Erganakli" mahallasida istiqomat qilayotgan 85 yoshli nuroniy otaxon Otaboy hoji bobo Isaboyev ana shunday insonlardan biri. Mahallada bo'layotgan barcha tadbirlarda bosh-qosh. Kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oladi. Janjalli, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga borib, pand-nasihat qiladi. Bugungi tinchlik uchun, obod va ozod Vatan uchun shukrona qilish kerakligini bot-bot tushuntiradi. Shuning uchun mahallamizdagilar hoji boboni "mahallamiz vijdoni, qishlog'imiz chinori", deb ulug'lashadi.

Birgina misol: Erganakli qishlog'ining qoq o'rtasidan o'tgan yo'l yozda tizza bo'yi chang, qishda loy bo'lgan. Qishloq odamlari tuman markaziga eltadigan avtobusni-ku xayoliga ham keltirishmagan. Tuman markaziga bormoqchi bo'lganlar chang va botqoq ko'chadan 2-3 km. yurib, Fozil Yo'ldoshdan tuman markaziga qatnovchi avtobusga chiqishgan. Qishloq ahli tuman va viloyat rahbarlariga bir necha bor murojaat qilishlariga qaramay, hech bir natija chiqmagan. Otaboy Isaboyev shu ishni Markazkomga borib, rejaga kiritib kelgan, deyishadi.
Otaboy hoji Isaboyevning qishloqdoshlari uchun qilgan bu ishi birinchisi emas. Bunday xayrli ishlar, esda qolarli voqealar Otaboy bobo hayotida ko'p bo'lgan. Hoji boboning qilgan mehnatlari zoye ketmadi. Hukumat tomonidan munosib taqdirlandi. Uzumchilikda yuqori hosildorlikka erishganligi uchun GAZ-24 avtomashinasi bilan mukofotlandi. U boshliq brigadaga sobiq Ittifoq Ministrlar Soveti Raisi A.Rijkov, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari Sharof Rashidov, o'sha paytdagi viloyat rahbari Bektosh Rahimovlar tashrif buyurib, brigadadagi qilingan mehnat va yutuqlar uchun minnatdorlik bildirishgan.
- Baxt tushunchasini har kim har xil tushunadi, kimdir baxtni boylikda, kimdir sog'likda deyishadi. Lekin yoshing bir joyga yetganda turmush o'rtog'ing bo'lmasa o'zingni baxtli deyishing qiyin. Men eng baxtli insonman. Mana, 55 yildirki turmush o'rtog'im Zarbuvi Isaboyeva bilan umrguzaronlik qilib kelayapman. Zero, qo'sha qarib, saodatga erishish, tabarruk yoshda nevara-chevaralar ardog'ida yashashning gashti o'zgacha, - deydi hoji bobo.

Bugun hoji bobo 85 yoshni qarshilagan bo'lsada bardam va baquvvat. Turmush o'rtog'i Zarbuvi aya Isaboyeva bilan 7 nafar farzandni katta qilishdi. Hozirda 31 nafar nabira, 12 nafar chevaralar qurshovida. Shunday farahbaxsh kunlarga yetkazgani uchun yaratganga shukronalar aytadi. Otaxonda bo'sh vaqtning o'zi yo'q. Hamon gazeta va jurnallarni qo'lidan qo'ymaydi. Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy, siyosiy voqealarga real munosabat bildiradi. Oila a'zolari va mahalla yoshlariga to'g'ri maslahatlar beradi. Kitobxonlikni keng targ'ib qiladi. "Puli ko'p boy emas, kitobni ko'p o'qigan boy", deydi. Shu yoshda bo'lishiga qaramay yaqinda "Pandnoma" deb nomlangan kitobi bosmadan chiqdi. Turmush qurganiga yaqinda 55 yil to'ladi. Shu munosabat bilan paytdan foydalanib, otaxon Otaboy Isaboyevga uzoq umr, sihat salomatlik tilaymiz.
Temur SAYDAHMATOV,
"Erganakli" mahalla fuqarolar yig'ini raisi.
"Erganakli" mahalla fuqarolar yig'ini raisi.