O'quvchilik paytlarimni eslasam 35-umumta'lim maktabimizda rus tili o'qituvchisi yetishmagani yodimga tushadi. "Erganakli" qishlog'imiz tuman markazidan uzoqda bo'lganligi sabablimi markazdan yuborilgan o'qituvichlar ham bir-ikki oy ishlab, keyin ishdan bo'shab ketardi. Shunday qilib rus tilining "R" harfini bilmay 6-sinfga yetib keldik. Bilimimiz shu darajada ediki, tumandan yuborilgan rus millatiga mansub Anna Kurakova ismli rus tili o'qituvchisini "Nega ismi va otasining ismi o'zbekcha" deb hayron bo'lardik va nihoyat, shu yili orzuyimiz ushalgandek bo'ldi. Maktabimizga Ukrainada o'qib kelgan Erkin aka Mamatqulov rus tili o'qituvchisi bo'lib maktabimizga ishga keldi...
Hamma narsa o'qituvchiga bog'liq ekan. Erkin domla har bir darsni chuqur mas'uliyat bilan o'tar, har bir o'quvchi bilan alohida shug'ullanar edi. Fanni yaxshi o'zlashtira olmagan o'quvchilarni darsdan so'ng olib qolib, a'lochi o'quvchilarga tenglashtirib olardi. Kechagina rus tili fanidan hech narsani bilmagan biz maktab o'quvchilari baloday "o'rischa" gaplashadigan bo'ldik. Hatto haftaning bir kunini rus tili kuni deb e'lon qildik. Xullas, maktabni bitirganimizdayoq rus tilini yaxshi o'zlashtirdik. Bu esa hayotda o'z yo'limizni topa olishda katta foyda berdi. Bugungi o'qituvchilardan ana shunday fidoyilik talab etilmoqda. Shuning uchun ham yurtboshimiz xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasini va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda.
Xotira bor ekan tirikdir millat, har bir inson yurt taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'shib, mazmunli umr kechirishni xohlaydi. Erkin aka Mamatqulov ham eng mas'uliyatli ammo sharafli kasb hisoblangan o'quvchilarga bilim berishdek vazifada fidoyilik ko'rsatdi. Shu bilan birga 5 nafar farzandini ham halol mehnat bilan jamiyatimizga kerakli insonlar qilib tarbiyaladi.
Erkin aka Mamatqulov do'stlari, farzandlari, shogirdlari xotirasida abadiy yashaydi.

G'.O'ROLOV