2022 yil davlatimiz rahbari tomonidan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinganda bir yillik maqsad va vazifalar ham belgilab berilgan edi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan ham aniq rejali ishlar tashkil qilindi. Tumanimizda 55 ta mahalla mavjud bo‘lib, mahallalardagi aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ushbu muammolarga yechim topish birinchi navbatga qo‘yildi.
Murojaatlardan kelib chiqib, binosi mavjud bo‘lmagan “Beshkubi”, “Yangiariq”, “Sayiltepa”, “Kildon”, “Navbahor”, “Qirqshodi” va “Olmazor” kabi mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari hashar va homiylar tomonidan qurib bitkazildi. “Mingchinor” va “Qirqshodi” mahallalarida “Obod mahalla maskani” tashkil etildi. Shuningdek, aholi murojaatlari bo‘yicha tumanda 57 km. uzunlikdagi ichki ko‘chalarga shag‘al yotqizildi. “Sohibkor” mahallasida homiylar tomonidan 0,2 km. toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, tungi yoritgichlar va beton ustunlar o‘rnatildi, mahallaning 0,3 km. ichki yo‘llariga asfalt to‘shaldi. “Bo‘dana” mahallasida 2 ta transformator va 10 dona beton ustunlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, “Yangiobod” mahallasida 1 dona transformator, 10 dona beton ustunlar, “Beshqo‘ton” mahalasida esa 1,5 km. uzunlikdagi suv quvuri tortildi.
Bo‘limimizda nuroniylar otaxon va onaxonlar hamda yolg‘iz keksalarning yanada mazmunli yashashlari va dam olishlariga alohida e’tibor qaratildi. 34 nafar ana shunday keksalarimiz sog‘liklarini tiklashlari uchun sihatgohlarda dam oldirildi. 8 mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z, 9 may - Xotira va qadrlash kuni, Iyd Ramazon va Qurbon hayiti bayramlari munosabati bilan keksa otaxon va onaxonlarimiz holidan xabar olindi, ular moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi. Mustaqillik bayrami bilan barcha mahallalarda homiylar tomonidan xayr-ehsonlar tarqatildi. “Gulzor” mahallasidagi kam ta’minlangan oilaga yangi uy-joy qurib berildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha 8 ming tonna ko‘mir kam ta’minlangan oilalar uylari yetkazilib berildi.
Barcha mahallalarda yil davomida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, “Adolatli qaynona”, “Yoshlar murabbiyi”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Donishmandlik fasli”, “Keksalar ma’rifati”, “Uch avlod uchrashuvi” kabi qator tadbirlar shular jumlasidan. Tumandagi 55 ta mahallalarning har biriga faol nuroniylardan 55 nafar nuroniylar biriktirilib, “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasi doirasida ma’naviy ko‘makka muhtoj ishsiz yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishda to‘g‘ri yo‘nalishlar berilishi natijasida 550 nafar yoshlar yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi. Bu loyihada faol qatnashgan B.Mamatov, F.Abdullaev, X.Xo‘janovlar viloyat Nuroniylar jamg‘armasining qimmatbaho sovg‘a-salomlari bilan mukofotlandi.
Noyabr - turizm oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 may kungi 340-sonli “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash borasida 40 dan ortiq yolg‘iz yashovchi nogironlar, oylar davomida uyda yotib qolgan 54 nafari nuroniy otaxon va onaxonlarning holidan xabar olindi, sovg‘a-salomlar ulashildi. 650 dan ortiq nuroniylarimiz Respublika hududi bo‘ylab, jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlariga, Toshkent va Jizzax viloyatlariga hamda Xatirchi tumaniga sayohatlarga yuborildi. Ichki turizm doirasida 510 nafar nuroniylarning turizm ob’ektlariga, 442 nafar keksalarning Mustaqillik davrida bunyod etilgan inshootlarga tashrifi uyushtirildi.
Har bir mahallada 11 nafardan iborat faol, obro‘-e’tiborli nuroniylar jalb etilib, jamoatchilik kengashlari tuzildi. Ayni paytda kengash a’zolari har bir xonadonda bo‘lishib, o‘zlarining sermazmun hayotlarini yoshlarga so‘zlab, ularning yaxshi yashashlari uchun pandu-nasihat qilmoqdalar. Shuningdek, tumandagi har bir nuroniy doimo e’tiborimizda bo‘lib kelmoqda. Hayotimizning fayzu-farishtasi bo‘lgan duogo‘y otaxonu-onaxonlarimiz sihatgohlarda salomatligini tiklashlari uchun ularni muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilangan. O‘tgan yili 14250 nafar qariyalarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 429 nafar nogironligi bo‘lgan keksalar va 21 nafar yolg‘iz keksalarga manzilli tibbiy yordamlar ko‘rsatildi. “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida mahallalarda hafatning shanba kunlari tadbirlar o‘tkazilib borildi.
Mahalla tinch – yurt tinch deyishadi. Shundan kelib chiqib 321 ta notinch oilaga 64 nafar nuroniy biriktirilib, kelgusida bu oilalarda kelishmovchilik va nizolarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rildi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida har bir mahallaga oyiga 5 marta “Hamjihatlik bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q” shiori ostida profilaktika kunlari o‘tkazildi. Ijtimoiy-ma’anviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ham mahalalarda tuman ishchi guruhi tomonidan tadbirlar o‘tkazilib kelmoqda.
Albatta, bu qilinayotgan ishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimiz o‘zimizniki. Yuutqlarimiz bilan birgalikda qilinishimiz zarur bo‘lgan ishlarimiz, hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolarimiz talaygina. Ana shulardan eng og‘riqlisi oilaviy ajrimlardir. Tumanda 2022 yilning 11 oyi davomida 242 nafar oilaviy ajrim qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 78 nafar ko‘p oilaviy ajrim, demakdir. Oilaviy ajrimlarning sabablari o‘rganilganda 50 nafarning uzoq muddat bir oila bo‘lib yashamaganligi, 9 nafari xiyonat yoki spirtli ichimlik iste’mol qilganligi, 83 nafari dunyoqarashlarining to‘g‘ri kelmaganligi natijasida yuz bergan. Oilaviy ajrimlarni kamaytirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tuzilgan. Lekin, bu komissiyalar bugungi kun talablariga javob beradigan tarzda faoliyat yuritayapti deb bo‘lmaydi. To‘g‘ri mahalla faollari tomonidan aniqlangan 127 nafar ajrim yoqasidagi oilalarning 95 nafari yarashtirilgan. Ammo, bu hali yetarli emas. Tumanda 1 ta oilaning ajrimi ham ko‘p hisoblanishi kerak.
Ikkinchi muammomiz - tumanimizda xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar hisoblanadi. Birgina misol: 2022 yilning 11 oyi davomida 17 ta ana shunday jinoyatlar sodir etilgan. Bunday xunuk voqealarning oldini olish maqsadida aniq rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan xonadonma-xonadon yurilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda mahallalarda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Sudlar tomonidan sayyor qabullar, ochiq sudlar mahallalarda bo‘lib o‘tmoqda. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda sektor rahbarlari bilan hamkorlikda bandligi ta’minlanmagan yoshlar va ayollar uchun 17 marta “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalari tashkil etildi.
Xullas, hali bo‘limiz oldida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarimiz va muammolarimiz talaygina. Endigi vazifamiz - muhtaram Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarni og‘ishmay amalga oshirishdan iborat.

Alisher SHODMONOV,
tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i,
xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.