Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilishining boisi imoni, e’tiqodi va axloqiy fazilatlari, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad ko‘taradi, ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.
Bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarida ham o'quvchi-yoshlarni ma'nan barkamol, yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida dam olishlarini reja asosida, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizni qamrab olgan holda tashkil etish ta'lim-tarbiya ishlarining samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi "Bolalarning dam olishlarini tashkil etish va sog'lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi № 84-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 6-martdagi 48-sonli buyrug'i hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023-yil 2-maydagi № 01-8V-88-son, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 2023-yil 29-maydagi № 394-7-93-XT/2023-sonli buyrug'ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda bolalar dam olishlarini tizimli tashkil etish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Kamalak" kunduzgi sog'lomlashtirish maydonchasi tashkil etildi. Har biri 10 kundan bo'lgan 4 davrada 45 nafardan 2 va 42-maktab o'quvchilarining yozgi ta'tilda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsad etib belgilangan. Ushbu kunduzgi sog'lomlashtirish maydonchasida hozirda 75-80 nafardan o'quvchilar o'z vaqtlarini mazmunli o'tkazib kelishmoqda.
"Bolalarning sog'lomlashtirish maydonchasida dam olishini tashkil etish va sog'lomlashtirish" Konsepsiyasiga asosan ishlar samarali yo'lga qo'yilgan. Sog'lomlashtirish maydonchasida "Yosh musavvirlar", "Mental arifmetika", "Yosh kitobxon", "Informatika bilimdoni" hamda sport to'garaklari faoliyat olib bormoqda.
Sog'lomlashtirish maydonchasida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, "Kim ko'p she'r biladi", "Yoshlar oyligi" munosabati bilan tumandagi № 32736-sonli harbiy qism targ'ibot guruhi a'zosi, kichik serjant Temurbek Azizov ishtirokida "Vatanparvarlik" mavzusida davra suhbati, xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida rasmlar tanlovi,O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston - barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.
O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini samarali va mazmunli o'tkazishda tajribali pedagoglar jalb qilingan bo'lib, maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Marhabo Rahimova, boshlang'ich sinf o'qituvchisi Feruza Ahmedova, Gulruh Imomova, Husniya Abdurahimova, Farida Saidova, Ulug'oy Eshbekova, Zohida Ismoilova, katta tarbiyachi Feruza Mirzayeva, kutubxona mudirasi Nargiza Rasulova, to'garak rahbarlaridan Rustam Rahmatillayev, Hilola Hamdamova, Samariddin To'raqulov, Husniya Mirzaqulova, Oybek Eshnazarov, Orif Sultonov, Manzura Mirzaqulova, Dilrabo Muratovalar samarali xizmat qilib kelmoqdalar.
Bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarida ham o'quvchi-yoshlarni ma'nan barkamol, yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida dam olishlarini reja asosida, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizni qamrab olgan holda tashkil etish ta'lim-tarbiya ishlarining samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi "Bolalarning dam olishlarini tashkil etish va sog'lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi № 84-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 6-martdagi 48-sonli buyrug'i hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023-yil 2-maydagi № 01-8V-88-son, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 2023-yil 29-maydagi № 394-7-93-XT/2023-sonli buyrug'ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda bolalar dam olishlarini tizimli tashkil etish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Kamalak" kunduzgi sog'lomlashtirish maydonchasi tashkil etildi. Har biri 10 kundan bo'lgan 4 davrada 45 nafardan 2 va 42-maktab o'quvchilarining yozgi ta'tilda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsad etib belgilangan. Ushbu kunduzgi sog'lomlashtirish maydonchasida hozirda 75-80 nafardan o'quvchilar o'z vaqtlarini mazmunli o'tkazib kelishmoqda.



Qahramon MURODOV,
2-umumiy o'rta ta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari.
2-umumiy o'rta ta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari.
Yaxshilik XO'ROZOV,
"Bulung'ur hayoti" gazetasi muxbiri.
"Bulung'ur hayoti" gazetasi muxbiri.