Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari va oliy ta’limni qamrab olgan ta’lim muassasalari o‘rni alohidadir. Bu ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning yoshini hiisobga olgan holda ko‘rgazmali va o‘quv qo‘llanmalari, boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish orqali aholining huquqiy ong va huquqiy madniyatini yuksaltirishga erishish lozim.
Ma’lumki, shaxs oilada tug‘iladi va shu yerda kamol topadi. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya kabi huquqiy tarbiya ham ilk bor oiladan boshlanadi. Oilada ota-ona yoki boshqa katta yoshdagi oila a’zolari tomonidan berilgan tarbiya shaxs ongining shakllanishiga asos bo‘ladi. U bilan bir qatorda oilaviy muhit shaxsning ijtimoiylashuviga turlicha, ya’ni, ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy tarbiyaning dastlabki bosqichi oilada shakllanadi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lganligi sababli bolaning shaxs sifatida shakllanib, kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topib, ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida muhtaram Prezidentimiz 2019-yil 9-yanvar kuni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmon va unga ilova qilingan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepiyasining yana bir e’tborli jihati huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning “shaxs-oila-mahalla-ta’lim muasasasi-tashkilot-jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tarzda tashkil etilishidir. Mamlakatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning mazkur tizimi va uzviyligi insonning butun umri davomidagi faoliyatini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, mazkur ketma-ketlikda shaxs faoliyatining huquqiy tarbiyadan chetda qolgan davrini ko‘rmaymiz.
Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda boshqa davlatlarda uchramaydigan va faqat bizning yurtimizda mavjud bo‘lgan chuqur tarihiy ildizga ega xalqning kundalik hayotini tashkil etuvchi quyi hududiy birlik hisoblanuvchi mahallaning roli kattadir. Respublikamiz hayotida alohida ahamiyat kasb etuvchi institut – mahallalarda aholini qiziqtiradigan eng muammoli va eng dolzarb masalalar bo‘yicha huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli organlar bilan hamkorlikda turli huquqiy tadbirlar ko‘lamini oshirish natijasida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ushbu tuzilmadan unumli foydalanish lozim.

Zamira QODIROVA,
3-umumta’lim maktabining direktori.