Unda yoshlarni vatanga sadoqatli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidava navbatdagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Mavzu yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari Azizbek Buriboyev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bulung‘ur tuman bo‘linmasi rahbari Akmal To‘rayev tomonidan atroflicha ma’lumot berildi.

Joriy yilning 1-yarim yilligida tumanimizda yoshlarni vatanga sadoqatli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat”, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” “Qadriyatlar qadr topgan yurt”, “Ma’naviyat – oiladan boshlanadi”, “Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz buvijonlar talqinida”, “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”, “Uch avlod uchrashuvi” mavzularida 40 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbir, “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”, “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati”, “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish – Renessans poydevori” shiorlari ostida5 ta festival,“Kitob – bilim manbai”,“Siz kutgan uchrashuv”, “Ijodiy uchrashuv fayzli o‘tdi”, “G‘azalxonlik kechasi” mavzularida 8 ta kitobxonlik aksiyalari va 14 ta ijodiy kecha, “Giyohvandlik – asr vabosi”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Inson qadri ulug‘langan yurt” “Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati” shiorlari ostida 30 dan ziyod yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm va axborot xurujlari ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida aholi, xususan yoshlar o‘rtasida yurish marafonlari va sog‘lomlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. O‘tkazilgan tadbirlarda jami 11 300 nafar aholining turli qatlamlari qamrab olindi.

Ma’lumot uchun: Shundan, 1430 nafari davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, 190 nafari san’at va madaniyat xodimlari,100 dan ortiq shoir va yozuvchilar,25 nafari “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va soha mas’ullari,5050 nafari yoshlar va talabalar, 3150 nafari xotin-qizlar, 305 nafari nuroniylar, 280 nafari “Temir daftar”, 346 nafari “Ayollar daftari” hamda 395 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
“Bulung‘ur hayoti” gazetasi qoshida tashkil etilgan “Yosh ijodkorlar” to‘garagining faol a’zolari Shohsanam Abirqulovaning “Orzular og‘ushida” nomli hamda Sabohat Ergashevaning “Ohista qadamlar” nomli she’riy to‘plamlari homiylik mablag‘lari hisobidan nashr etildi.
Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu hamda sohaga aloqador bo‘lgan o‘zlarini qizqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdilar.