Tumandagi Oilalar va xotin-qizlar o'rtasida "Oila muqaddas dargoh", "Qadriyatlarimiz - bebaho boyligimiz","Yil ayoli", "Gender tenglik faoli", va "Eng namunali boshlang'ich tashkilot" ko'rik-tanlovlari, "Salomatlik tuman boylik", "Sport nafislik-sog'lomlik manbai", "Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni, jamoat tashkilotlari ishtirokida qishloq ayollari kuniga bag'ishlab "Ayoli e'zozlangan yurt" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Oila muqaddas dargoh", "Ayol e'zozda", "O'zbek ayoli", "Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz", "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" ko'rik-tanlovlari, "Siz qonun himoyasidasiz", "Qaynona va kelin" mavzularida o'tkazilgan davra suhbatlari ta'lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda tashkil etilib borilmoqda.
Tumandagi korxona va tashkilotlarda, umumiy o'rta ta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni sog'lom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste'dodini ro'yobga chiqarish borasidagi tadbirlar mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan tashkil etildi.
Mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari - Ayollar maslahat kengashlari, Ota-onalar Universiteti a'zolari, Oqila ayollar harakati a'zolari, Buvijonlar maktabi a'zolari, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari, Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari bilan hamkorlikda tumandagi korxona va tashkilotlarda, umumiy o'rta ta'lim maktablari, kasb-hunar maktablarida xotin-qizlarning ma'naviy barkamol va jismoniy sog'lom bo'lishlari uchun oilada sog'lom muhitni yaratish, farzandlarda ona Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish, bolalarning qiziqishi va iqtidori hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish, har xil to'garaklar, sport musobaqalariga jalb etish, ota-onaning ta'lim muassasalari va mahalla oldida o'z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgarligini oshirish bo'yicha davra suhbatlari, ko'rik-tanlovlar, qiziqarli viktorinalar tashkil etilmoqda.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod qizlarni tavsiya etish bo'yicha joriy yilning 4-oktabr kuni Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tanlovning tuman bosqichi o'tkazildi. Viloyat bosqichiga 7 nafar iqtidorli qizlar nomzodlari tavsiya etilib, viloyat bosqichida ishtirok etishdi. Shuningdek, 2021-yilda Bulung'ur tumanidan Orziqulova Hilola san'at yo'nalishi bo'yicha Davlat mukofoti sohibasi bo'ldi.
Tumanda 39 nafar fan, olimipiada g'oliblari va iqtidorli qizlar ro'yxatlari shakllantirilgan. Tumandagi barcha ko'rik-tanlov va tadbirlarda ushbu qizlar faol ishtirok etib kelishmoqda.
Homiylar tomonidan 66 nafar fuqarolarning hamda "Ayollar daftari"dagi boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarning uy-joylarini ta'mirlashga muhtojlar toifasiga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida tumanda 24 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning uy-joylari ta'mirlandi. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan, shu jumladan 6 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan, uy-joyga muhtoj, ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning ijara pullari to'lab berilmoqda.
2023-yilning 9 oyi davomida kasbga o'qitish markazlarida 372 nafar xotin-qizlar hamda viloyat tadbirkorlik markazlarida 175 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik yo'nalishlari bo'yicha o'qitildi.
Aholi bandligiga ko'maklashish markazi hamda sektor rahbarlari bilan hamkorlikda joriy yilning 9 oyi davomida tumanda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi hamda bandligi ta'minlanmagan yoshlar, kasb-hunarga o'qish istagida bo'lgan fuqarolar uchun 10 marotaba "Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkalari bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida PQ-376-son Qarori bo'yicha Bulung'ur tumanida 58 ta xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatlik markazlari tashkil etilishi kerak bo'lib, ayni paytda tumanda 58 ta markazlar tashkil etilib, faoliyat olib bormoqda.
Nasiba MAMADIYAROVA,
tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i.