Bolaligim, umrimning eng zavqli onlari o'tgan ota makonim - Bulun-g'urdir. "Kildon" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil oldim. Maktab chog'larida sevimli mashg'ulotim gazeta, jurnal mutolaa etish edi va aynan "Bulung'ur hayoti" gazetasi muxlisi bo'lib, pochtalon opani zor-intizor kutar edim.
Gazetaga oshnoligim ham hanuz o'sha-o'sha. Keyinchalik hayotim bevosita gazeta bilan bog'landi. Hozir Jizzax viloyati Mirzacho'l tuman hokimligi muassisligida chop etilayotgan "Mirzacho'l ovozi" gazetasida 12 yildan beri bosh muharrir sifatida faoliyatimni olib boryapman. Bunda tuman gazetasi "Bulung'ur hayoti" ning ham o'rni borligini minnatdor bo'lib e'tirof etaman.
Shu o'rinda meni gazetchilik sohasiga yetaklagan sevimli gazetam - "Bulung'ur hayoti" gazetasi jamoasini 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborak etaman.
Tozagul ALLANAZAROVA,
"Mirzacho'l ovozi" gazetasi bosh muharriri.