Yaqinda tuman madaniyati hayotida yana bir unutilmas voqea sodir bo‘ldi. Bulung‘urlik ijodkorlarning hayoti va ijodi to‘g‘risida hikoya qiluvchi “Vatan ichra vatan” nomli kitobi chop etildi. Kitobda tumanimizning keksa avlodi bilan birgalikda yosh ijodkorlarning she’r va hikoyalari ham o‘rin olgan.
Tumanimizdagi 55-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shahnoza Baxriddinova yoshligidan she’riyat shaydosi bo‘lish bilan birga o‘zi ham she’r yozib, vaqtli matbuotda tez-tez ko‘rinib turadi.Bugun, 7 dekabr kuni “Bulung‘ur hayoti” gazetasi muharriri G‘ulom O‘rolov 55-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Vatan ichra vatan” nomli kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi va Shaxnoza Baxriddinovaga hamda maktab kutubxonasiga yangi chop etilgan kitob sovg‘a qilindi.
55-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha
targ‘ibotchisi.