Bulung‘ur tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-siyosiy nashri sanalgan “Bulung‘ur hayoti” gazetasi tuman hayotini, erishilayotgan yutuqlar va yanada yuksalishimiz uchun to‘sqinlik qilayotgan muammolarni yoritib borishga mas’ul. Gazeta bu mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda qanday natijalarga erishmoqda? U bu jarayonda yana nimalarga e’tibor qaratishi lozim?

Yaqinda Bulung‘ur tuman hokimi Samandar Astonovning gazeta ijodiy jamoasi hamda jamoatchi muxbirlar bilan uchrashuvida ana shu masalalarga e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi ta’kidladiki, gazeta ijodiy jamoasi yuqorida tilga olingan vazifalarni bajarish jarayonida tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishi lozim va bu albatta, yaxshi samaralar berishi shubhasiz.

Shuningdek, uchrashuvda tuman hokimi gazeta ijodiy jamoasi hamda jamoatchi muxbirlarning savollariga javoblar berib, ularning takliflarini eshitdi.
Kelgusida bu kabi uchrashuvlar an’anaviy tus olishi maqsadga muvofiqligi alohida ta’kidlandi.
O‘z muxbirimiz.