Bundan atigi 5-6 yil oldingi ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklarni bugungi kun bilan aslo taqqoslab bo'lmaydi. Uzoqqa bormaylik, tumanimizda chiqadigan "Bulung'ur hayoti" gazetasi eski binoda joylashgan bo'lib, tor va zax, qorong'u xonalardan iborat edi. Gazeta xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risida-ku gapirib ham o'tirmay. Alimsoqdan qolgan stol-stullar, eski kompyuter jihozlari...
Eng afsuslanarlisi, obunaga e'tibor sustligi tufayli iqtisodiy muammolari ko'paygan gazeta tahririyatida kadrlar yetishmasligi muammosi o'nlab yillar davom etganligi... Shunday bo'ldiki, gazetaning hamma ishlari faqat bir kishiga qolgan edi...
Bugun esa mutlaqo boshqacha manzara: zamonaviy bino, keng va yorug' xonalar, so'ngi rusumdagi kompyuter va boshqa texnik jihozlar, xizmat mashinasi... Hatto, matbuot anjumani o'tkaziladigan zal ham mavjud. Muhtaram Prezidentimiz "Men haqiqat va adolatni o'z e'tiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni islohotlarning faol ishtirokchilari deb bilaman va ular hamisha Prezident himoyasida", deb bizlarni qo'llab-quvvatlab turibdi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ham davlat ommaviy axborot vositalarining ochiq erkinligini, ularning axborot olish va tarqatish vakolatlarini kengaytirib, undan foydalanish huquqini kafolatlaydi. Yangilanayotgan Konstitutsiya ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarning beshta muhim qoidasini belgilab bergan. Eng muhimi, ommaviy axborot vositalirga to'sqinlik qilish, aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. Konstitutsiya barcha sohalar qatori ommaviy axborot vositalari sohasiga ham xizmat qiladi. Xullas, yangilanayotgan Konstitutsiya meniki, sizniki, bizniki, hammamizniki!
Men ushbu siyosiy jarayonlarga befarq emasman, barcha bulun-g'urliklarni referendumda faol qatnashishga chorlayman.

G'ulom O'ROLOV,
xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi deputati,

"Bulung'ur hayoti" gazetasi muharriri.