- Xizmat yuzasidan juda ko'p shaharlarda, qishloqlarda bo'lib, u tomonlarda amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlariga havasim kelib yurardi. "Biz ham o'z qishlog'imizni obodonlashtirishga hissa qo'shsak qandoq bo'larkin", deb oila a'zolarimizga maslahat soldim.
- Qishlog'imizga buriladigan qarovsiz, tashlandiq joyda "supermarket" do'konini quramiz, - dedim. Aka-ukalar o'zaro maslahatlashib, bir qarorga keldik.
- Quramiz, - deyishdi opam va ukalarim. Shu gap menga qanot berdi. Fikrimni mahalla oqsoqollariga bayon qildim. Ularning ko'rsatmalari va amaliy yordamlari bilan ishga kirishib ketdim. To'g'ri, "holva" degan bilan og'iz chuchimas ekan. Bundan to'rt yil oldin ish boshlagan edik. Dastlab qurilish bo'ladigan maydonni tartibga soldik. Birinchi yili beton poydevor, keyingi yillar davomida devorini ko'tarib, ustini yopdik. Bundan to'rt yil oldin boshlangan xayrli ishimiz yaqinda oxiriga yetdi. Oziq-ovqat va go'sht do'koni hamda "Go'zallik saloni"ni ishga tushirdik. Shu bilan oilamizdan to'rt kishi doimiy ish bilan ta'minlandi. Kelgusida sartaroshxona, "Veterinariya aptekasi", avtomobillarni ta'mirlash ustaxonasi, karcher shaxobchalarini ishga tushiramiz va shu bilan yana to'rt kishi doimiy ish bilan ta'minlanadi, - deydi tashabbuskor, el g'amida yelib yugurayotgan tadbirkor O'tkirjon Jabborov.
- Ismi jismiga mos bo'lgan O'tkirjonning otasiga ming rahmat, - deydi "Esonturdi" mahallasining Qum qishlog'ida yashovchi 90 yoshli O'rol bobo Jumonqulov. - Shuning yelib yugurishi bilan qishlog'imiz shahar ko'rinishiga ega bo'ldi. Uzog'imizni yaqin, og'irimizni yengil qildi.
Ayni paytda tadbirkorning ukalari Zafarjon, Umidjon, Dilfuzalar o'zlarining xususiy "Super market"larida aholiga beminnat xizmat qilmoqdalar.

Rabbim HOTAMOV.