Bundan 30 yil oldin, bolalik davrimda padari buzrukvorim O'rolboy otam qo'limdan yetaklab, sport maktabiga olib kelgandi. O'shanda nomi elga tanilgan tajribali murabbiy Jamol Baratashvili rahbarligida ko'p yillar davomida yunon-rum kurashining o'ziga xos qirralarini qunt bilan o'rgandim. Shu bois O'zbekiston Respublikasi chempionatlari va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'oliblar qatoridan munosib joy oldim.
Yoshim ulg'aygach ustozim Jamol Baratashvili kabi men ham yoshlarga murabbiylik qilib, yunon-rum kurashi sirlarini o'rgatib kelmoqdaman. O'tgan yillar davomida juda ko'p shogirdlarim dastlab tuman birinchiligi, viloyat, Respublika chempionatlari va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishib, Bulung'urni elga tanitib kelishmoqda.
Shuhrat O'rozaliyev, Bobomurod Shonazarov, Kamol Xolmatov, Sharof Mamatqulov, Oybek Qoratoyev, Ilhom Qo'nishov, G'ayrat Almamatov, Muhiddin Toirov, Ravshan Musayev, Norboy Murodov, Lochin Jo'rayev, Abdumo'min Mamirov, Hamroqul Boboyorov kabi shogirdlarim - viloyat va Respublika chempionlari, xalqaro musobaqalar g'oliblari va sovrindorlari bilan haqli ravishda faxrlanaman.

Rabbim TASHANOV,
Bulung'ur sport maktabi yunon-rum kurashi bo'yicha bosh murabbiy, "Shuhrat" medali sohibi.