Tumanimiz g'allazorlarida joriy yilgi o'rim-yig'im mavsumi boshlandi. Shu kunlarda keng g'allazor maydonlari ichra kombaynlarning gurullagan ovozi yangramoqda. Joriy yilda tumandagi 15 ta agrofirmaga qarashli mavjud 784 ta fermer xo'jaliklari dehqonlari 6 290 gektar maydonda qalb qo'ri bilan salmoqli g'alla hosilini yetishtirdilar. Saxiy yoz quyoshi nurlarida oltinday tovlanib turgan bo'liq boshoqlar mo'l hosildan darak berib turibdi.


G'alla o'rimida hozir bo'lganlarga Samarqand viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Bulung'ur tuman inspeksiyasining xodimi Abdualim Shukurov tomonidan g'alladan bo'shagan maydonga o't qo'ymaslik to'g'risida tushuntirish targ'ibot ishlarini olib bordi.
Rabbim ERGASHEV.