Sariqipchoq MFY fuqarosi, tajribali dehqon, “Eshnazar Saidmurod bog‘lari” fermer xo‘jaligi raisi Alisher Payzullaev yetishtirayotgan turli xil mevali daraxt ko‘chatlari bugungi kunda tumanimiz va viloyatimizdan tashqari Respublikamizning hamma viloyatlaridagi bog‘larga ko‘rk bag‘ishlab kelmoqda.
- Yoshligimdan bog‘bonlikka mehr qo‘ygan edim, - deydi fermer Alisher Payzullaev. - Shu sababli 2010 yilda bog‘bonlik bilan shug‘ullanish maqsadida 7 gektarlik ochiq maydonda bog‘ tashkil etdik. Bog‘bonlikning o‘ziga xos sirlarini viloyatimiz va vodiylik bog‘bonlarga shogird tushib, chuqur o‘rgandim. Ustoz bog‘bonlar maslahati va ko‘rsatmalari asosida tashkil etgan bog‘imizda ayni paytda nok, gilos, olma, o‘rik, shaftoli, yong‘oq kabi mevali daraxtlar mo‘l hosil bermoqda. Bog‘ oralig‘idagi bo‘sh yerlardan oqilona foylanish maqsadida plenka ostida piyoz va turli xil ko‘katlar ham yetishtiramiz. Barq urib rivojlangan ko‘katlarni qishloq aholisi va fermer xo‘jaliklari ishchilari kelishilgan narxlarda olib ketishadi. Bu xalqimiz farovonligiga hissa bo‘lib qo‘shilayotganligi menga quvonch baxsh etadi.

Alisher bog‘bon o‘z bog‘ida mo‘l-ko‘l meva yetishtirish bilan birga mevali daraxt ko‘chatlari tayyorlash ishlarini ham yo‘lga qo‘ygan. Alisher bog‘bon yetishtirayotgan 6 turdagi nok, turli xil olma, shampan gilos, ertagi va kechpishar o‘rik, yong‘oq, shaftoli kabi ko‘chatlari dovrug‘i butun Respublikamiz bo‘ylab tarqalgan. Har yil bahor va kuz oylarida Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan kelgan mijozlar o‘zlariga kerak bo‘lgan mevali daraxt ko‘chatlarini kelishilgan narxlarda olib ketishadi. Bog‘dagi ishlarda oila a’zolari bilan birgalikda qo‘shimcha ishchilar ham mehnat qilishadi.
Alisher bog‘bon bu ishlardan tashqari oliy ma’lumotli tarix fani o‘qituvchisi sifatida 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga saboq beradi. Shuningdek, uning tashabbusi bilan maktabda “Yosh bog‘bon” to‘garagi tashkil etilgan. Bu to‘garakda sohaga mehr qo‘ygan o‘quvchilar bog‘bonlikning o‘ziga xos sirlarini qunt bilan o‘rganishadi. Ular maktab atrofida tashkil etilgan “Yashil makon” bog‘ida daraxtlarni parvarishlash, ularga shakl berish, payvandlash usullarini o‘rganishmoqda.
Rabbim HOTAMOV.