- Qirchillama qahraton qish o‘z o‘rnini so‘lim bahorga bo‘shatib berayotgan shu kunlarda tuman xo‘jaliklaridagi mavjud texnikalar bahor yumushlariga tayyormi?
Shu savol bilan “O‘zagroinspeksiya”ning Bulung‘ur tuman bo‘limi Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish sho‘basi katta inspektori Olimjon Mamarahimovga yuzlandik.
- Tumanimizda bahor dala ishlarida qatnashadigan 56 ta texnika mavjud,- deydi katta inspektor Olimjon Mamarahimov. - Shulardan 4 ta g‘alla o‘rish kombayni, 19 ta kimyoviy purkagichlar, 17 ta mineral o‘g‘itlar sepkich, 6 ta yer tekislagichlar, 10 ta chizellar ayni paytda ko‘klamgi dala ishlariga tayyorlanmoqda. Dastlab Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tumandagi barcha agrofirmalardagi texnika egalariga hamda mas’ullar o‘rtasida tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi. Shu asosida birinchilardan bo‘lib “Sadriddin G‘olib dalasi” fermer xo‘jaligining mexanizatori Sherzod Anorboev texnikani bahorgi dala ishlariga tayyorlashni boshlab yubordi. Xuddi shuningdek, tumanimizdagi barcha texnika egalari ishga kirib ketdilar.
Dehqonlarimiz bahorni, dala ishlarini sog‘inishgan. Shu bois tumanimizda bahorgi dala yumushlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qizg‘in boshlanib ketdi.
Rabbim HOTAMOV.