Ushbu shior ostida yaqinda 36-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari Iskandar Tojiboyev va Ilhom To‘ychiyevlarning tashabbusi bilan buyuk mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari hamda adabiy-badiiy to‘garak a’zolari ishtirok etishdi.
Bobur temuriylar sulolasining vakili edi. U tadbirkor va jasur sarkarda, dono va adolatli hokim, o‘qimishli inson, ajoyib lirik shoir, uning ilmi ko‘p mamlakatlarda o‘rganilmoqda. Tadbirda maktabning Ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Saparboy Aliboev so‘z olib, Boburning hayoti, ijodi va “Boburnoma” asari haqida so‘z yuritib, bu asar ustida Bobur umrining oxirigacha ishlaganligini, asarning o‘quvchilarga ma’naviy-ilmiy foydasi va inson hayotiga ta’siri haqida fikrlarini bildirdi.
Tadbirda 6-7-sinflar o‘quvchilari Bobur g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qishdi, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

Nargiza OCHILOVA,
36-umumta’lim maktabining ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.