Yosh avlodning bilimli, yetuk inson bo‘lib shakllanishida o‘qituvchi-ustozlarning o‘rni beqiyos. Ilm durdonalarini o‘quvchilariga singdirish orqali ustozlar jamiyat uchun zarur bilimdonlar, malakali mutaxassislarni yetishtiradi. Bunday bilimli insonlar jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissalarini qo‘shishadi, yuksalish sari yo‘l ochadi.
69-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari jamoasi ham o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun astoydil harakat qilishmoqda. Buni maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga talabalikka qabul qilinishida ko‘rish mumkin. 2020-2021-o‘quv yilida maktabning 30 nafar bitiruvchisidan 3 nafari xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarining, 18 nafari yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlarining talabaligiga qabul qilindi. Bu tumanimizdagi umumta’lim maktablari o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
O‘qituvchilarning samarali mehnatlari munosib taqdirlanib kelinmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Bobur Ro‘ziboev viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorlig‘i, viloyat ta’lim, madaniyat va fan xodimlari kasaba uyushmasining tashakkurnomasi, O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Berdimurod Ummatqulov viloyat hokimligi tomonidan faxriy yorliq va televizor, fizika fani o‘qituvchisi Rustam Sayfiddinov viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.
Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etilishiga rahbarlik qilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishilishiga bosh bo‘lganligi uchun maktab direktori Zafar Mahmudov viloyat hokimligining 10.000.000 so‘mlik pul mukofotiga, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorlig‘iga sazovar bo‘ldi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi esa uni televizor bilan taqdirladi.
Kelgusida ham ta’lim sohasida yuksak natijalarni ko‘zlab, yosh avlodning bilimdon, ma’nan barkamol bo‘lishiga erishishni ko‘zlayotgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Berdimurod Ummatqulov va Gulnoza Ro‘ziboeva, kimyo fani o‘qituvchisi Qobiljon Norboev, biologiya fani o‘qituvchisi Sanjar Sultonov, rus tili fani o‘qituvchisi To‘lg‘onoy Bekmurodova, tarix fani o‘qituvchilari Shahobiddin Abdullaev va Jo‘rabek G‘aniev, matematika fani o‘qituvchilari Xudoyberdi Mamatqulov va Sherzod Bo‘riboevlar o‘quvchilarining ilmli, barkamol inson bo‘lishi uchun astoydil harakat qilishmoqda. Bu samarali mehnat o‘z mevalarini berishi shubhasiz.

Hamroqul MAHMUDOV,
69-umumta’lim maktabining Ijodiy va madaniy
masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.