Ma’lumki, respublika Ichki ishlar organlarida shu jumladan Bulung‘ur tuman IIBda ham joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
“Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazishdan maqsad xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, siyosiy ongi, ma’naviy qiyofasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoat va yuqori mas’uliyat hislarini mustahkamlash umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi, ma’naviyatli va fidoyi, qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy daxldorlikni qaror toptirishdan iborat.

Ushbu tadbirni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tasho‘kil etilgan bo‘lib, oylik doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shoir, yozuvchilar va jurnalistlar bilan uchrashuvlar, viloyatimizdagi madaniyat ob’ektlari, muzey va ziyoratgohlarga tashriflar tashkil etilmoqda.

Tadbir doirasida tuman ichki ishlar xodimlari “Fozil Yo‘ldosh” uy muzeyida bo‘lishib, baxshi bobomizning bosib o‘tgan yo‘llari, dostonlari va o‘sha davrdagi foydalanilgan ish qurollari va uy anjomlari bilan tanishdilar.
Uy muzeyiga qilingan sayohat ichki ishlar xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
O‘tkazilayotgan tadbirlarda shaxsiy takibning barcha xodimlari faol ishtirok etishib, bilim va saviyalarni yanda oshirishmoqda.
Uy muzeyiga qilingan sayohat ichki ishlar xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
O‘tkazilayotgan tadbirlarda shaxsiy takibning barcha xodimlari faol ishtirok etishib, bilim va saviyalarni yanda oshirishmoqda.
Sunnatillo RAXMОNOV,
tuman IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik.