O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-sonli Qarori ijrosini ta'minlash va ijodiy muhitni kengaytirish, yosh ijodkorlarni kashf etish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida Bulung'ur tumanidagi umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan faol ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar o'rtasida eng faol ijodiy madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

1-o'rinni olgan 30-umumta'lim maktabi ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi Sanjar Toshbekov va 68-umumta'lim maktabining ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi Malohat Lapasovalar viloyat bosqichida qatnashish huquqini olishdi. Tanlovda 2 va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan 57-umumta'lim maktabi ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi Eldor Babayarov va 11-umumta'lim maktabi ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi Nurbek Baratovlar qimmatbaho kitoblarto'plami bilan mukofotlanishdi. Shuningdek, tanlovda faol qatnashgan bir guruh umumta'lim maktablari ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchilari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 30-umumta'lim maktabi ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi Sanjar Toshbekov viloyat bosqichi tanlovida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Viloyat bosqichida qatnashgan yana bir targ'ibotchimiz 68-umumta'lim maktabi ijodiy-madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi Malohat Lapasova esa "Faxriy yorliq" bilan mukofotlandi.
Akmal TO'RAYEV,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi rahbari.