Joriy yilning 14-sentabr kuni 55-umumta’lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati maktab yoshlar yetakchisi S.Kamalov va huquq fani o‘qituvchisi D.Sulaymonovalar tomonidan tashkillashtirildi. Davra suhbatini yoshlar yetakchisi S.Kamalov ochib berdi va o‘quvchilarga yoshlarga oid davlat siyosati, bugungi kunda respublikamizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berib o‘tdi.
Huquq fani o‘qituvchisi D.Sulaymonova ushbu qonunning maqsadi, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari haqida batafsil tushunchalar berdi.
Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va samimiy suhbat asosida o‘tkazildi hamda o‘quvchi yoshlarning huquqiy savodxonligi oshishiga xizmat qildi.
Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va samimiy suhbat asosida o‘tkazildi hamda o‘quvchi yoshlarning huquqiy savodxonligi oshishiga xizmat qildi.
Nargiza ABDURAXMANOVA,
55-umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.