Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan odillik, shaffoflik va adolat tamoyili asosida ish olib borilib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida joylarda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningFarmon va Qarorlari ijrosini ta’minlashga harakat qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professonal tuzilmaa aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10 – son Qarori bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.
Shuningdek, ushbu Qarorda ichki ishlar organlari fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, qonun ustuvorligi va tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya hatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik kabi vazifalar bosh maqsad etib belgilangan.
Ushbu hujjat ijrosi doirasida endilikda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat kengashi organi hisoblangan Jamoatchilik Kengashlari tuziladi. Kengashlar tarkibiga, soha olimlari, faxriylar, shuningdek jurnalistlar ham kiritiladi.
Shu maqsadda ushbu tuman IIB da xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda qatnashchilarga qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berilib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Shuningdek, joylarda ham keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Sunnatillo RAXMONOV,
tuman IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik.