Mening ijodiy-kasbiy faoliyatim bevosita "Bulung'ur hayoti" deb atalmish tabarruk gazeta bilan chambarchas bog'liq. Chunki faoliyatimning salkam chorak asrga teng qismi shu yerda o'tgan. Tabiiyki, qutlug' maskanda ko'plab ijodkorlar, ustozlar, hamkasblar bilan baqamti ishladim. Ular bilan doimo birga faoliyat yuritish nasib etmadi, men uchun aziz va qadrli bo'lgan ko'plab insonlar bugun oramizda yo'q. Xotira va qadrlash kuni arafasida ular haqida qisqagina yodnoma bitishni o'zimning insoniy burchim deb bildim.
MUHARRIRLAR:
Ergash UZOQOV
Bu siymo haqida hamkasblarimdan ko'p va xo'b iliq xotiralarni eshitganman. Birga ishlash nasib etmagan bo'lsa ham u kishining rahbarligida "Bulung'ur hayoti"ning o'tmishdoshi - "Kommunist" gazetasi yuksak ijodiy cho'qqilarni bosib o'tgan. 1952-1960 va 1962-1975- yillarda gazetaga rahbarlik qilgan Ergash Uzoqov Bulung'ur jurnalistlarining tom ma'nodagi ustozi bo'lgan.
Bugun u kishining ko'plab shogirdlari turli sohalarda mehnat qilishyapti. Nafaqaga chiqqan shogirdlari ham u kishi haqida faqat va faqat iliq xotiralarni eslashadi.
Yo'ldosh OTAMURODOV
1975-yilning kuzida baxtsiz hodisa oqibatida hayotdan ko'z yumgan Ergash Uzoqov o'rniga Yo'ldosh Otamurodov muharrir etib tayinlandi.
Yo'ldosh aka o'z faoliyatini shu gazeta tasarrufidagi bosmaxonadan boshlaganligini har doim maroq bilan tilga oladi. Muharrir etib tayinlangunga qadar partiya-xo'jalik ishlarida ham chiniqqan Y. Otamurodov gazetaga rahbar bo'lgach, tahririyatda yangicha ijodiy muhit yaratdi. 1994- yilga qadar tahririyatga rahbarlik qilgan bu inson o'zining odamoxunligi, kasbiga bo'lgan sadoqati bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan edi.

MUHARRIR O'RINBOSARLARI:
Muhammad BERDALIYEV
Kaminaga Muhammad aka bilan birga ishlash nasib etmagan bo'lsa ham olis 1983-yildayoq u kishini tuman ijroqo'mi mas'ul xodimi, ijodkorlarning hammaslagi sifatida kashf etgan edim.
Muhammad aka 1966-1971-yillarda gazetamizda bo'lim mudiri, mas'ul kotib va muharrir o'rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. U kishiga xos ajoyib xislatni hamisha entikib eslayman: gazetamizning har bir sonini sinchiklab kuzatar, kamchiliklarimizni telefon orqali eslatar, agar bironta "shirali" maqola chiqarsak, o'zi kelib, yuzma-yuz uchrashib tabriklab ketardi. U kishidan men hamisha so'nmas ijodiy ruh olganman.
Olim TANIYEV
Olim aka tahririyatga saksoninchi yillarda bo'lim mudiri sifatida ishga taklif etilguniga qadar viloyat "Lenin yo'li" (hozirgi "Zarafshon") gazetasida faoliyat yuritib, katta ijodiy qozonda "qaynagan" edi. Bu "qaynoqlik" u kishining yurish-turishida ham, faoliyatida ham yaqqol ko'zga tashlanib turardi.
O. Taniyev qo'lyozmalarni tahrir etishning ustasi edi.
Sarimsoq QO'SHMURODOV
Nihoyatda kamtarin, hokisor edi rahmatlik Sarimsoq aka. O'tgan asrning saksoninchi yillarida quruvchilikdan muxbirlikka kelgan bu insonning tarifiga so'z yo'q.
Muxbir, bo'lim mudiri, mas'ul kotib va muharrir o'rinbosari sifatida tahririyatda samarali faoliyat yuritdi. O'zining tashkilotchiligi va tashabbuskorligini, birovga yaxshilik qilishni u kishidan o'rgangan edim.

MAS'UL KOTIBLAR:
Fayzulla ABDUG'ANIYEV
U kishining salobati, ishiga bo'lgan ishtiyoqi hamon ko'z oldimdan ketmaydi. Saksoninchi yillarda eng og'ir bo'lgan qishloq xo'jaligi bo'limiga rahbarlik qilgan Fayzulla aka keyinchalik mas'ul kotib sifatida o'zining keng ijodiy imkoniyatlarini namoyon etdi.
Fayzulla aka agrar sohaning yetuk bilimdoni hisoblanardi. Hatto maqola tayyorlash jarayonida mutaxassislar bilan maslahatlashar ekan, ularning nuqsonlarini ham do'stona ko'rsatardi.
Mamadali JALILOV
Mamadali aka bilan ancha muddat baqamti ishlash nasib etdi menga. Tahririyatda muxbirlikdan mas'ul kotiblikkacha bo'lgan "amaldorlik" pog'onalarini bosib o'tgan bu inson yumshoq ko'ngilligi bilan ko'pchilikning xotirasidan joy olgan.
Keyinchalik viloyat muallimlarninggazetasi - "Ma'rifat nuri"da faoliyat yuritgan bu ijodkor Samarqandda ham barchada o'chmas taassurot qoldirgan edi.

MUXBIRLAR:
Uzoqboy OBILOV
Ming afsuski, Uzoqboy akaning umri qisqa ekan. Tahririyatda 1983-yilning yozida ToshDU (hozirgi O'zMU) jurnalistika fakultetining ilk bosqichini tugatgan kamina u kishi bilan yonma-yon ishlash - ijod qilish baxtiga muyassar bo'lgan edim. Uzoqboy aka endigina harbiy xizmatdan qaytib, tahririyatda muxbir sifatida ish boshlagan edi.
Biroq qandaydir, noma'lum sabab bilan atigi uch oy ishlagan U. Obilov ishdan ketishni istab qoldi. Ijodkorning porloq xotirasi xayolimga kelsa, hamisha u kishining tabassumli yuzlari, serma'no so'zlari xayolimni egallab oladi.
Said QOSIMOV
Said bilan deyarli tengdosh edik. So'zamonligi, chaqqonligi bilan ajralib turardi. Ijod bobida esa anchayin sermahsulligini har kuni namoyon etardi.
Ayrimlarga o'xshab ertadan-kechgacha muk tushib, qog'oz qoralamasdi: bir-ikki soat ichida rejani bajarib qo'yardi. Eng muhimi, uning odamiyligi hamisha ko'zga tashlanib turardi.
Xayrulla HAMROYEV
Xayrulla aka nafaqat jurnalist, shoir sifatida ham barakali ijod qildi. Bir necha she'riy to'plamlari nashr qilindi.
Gazetada muxbir sifatida faoliyat yuritganidan so'ng uzoq yillar tuman radioeshittirish tahririyatiga rahbarlik qildi. Keyinchalik ijodiy faoliyatini viloyatdagi turli gazetalarda davom ettirdi.

FOTOMUXBIRLAR:
Fayzulla XO'JANAZAROV
Kaminaga Fayzulla aka bilan birga ishlash nasib qilmagan bo'lsa ham u kishi inson va mutaxassis sifatida yaxshi tanish edi.
Gazetada o'tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab fotomuxbir sifatida faoliyat yuritgan inson o'z kasbining ustalaridan biri edi. U kishining suratlari gazetaga alohida chiroy bag'ishlab turardi.
To'lqin DAVLATOV
Miqti gavdali, so'zamol To'lqin aka bilan u kishi pensiyaga chiqqunicha birga ishlash nasib etdi. Ayniqsa, mas'ul kotib sifatida faoliyat yuritganimda u kishining ishchanligiga qoyil qolganman. Har hafta 10 ta surat topshiradigan bo'lsa, har bir suratning turli ko'rinishdagi to'rt-besh nusxasini stolim ustiga qo'yardi.

MUSAHHIH...LAR
Sobir SHAKARBOYEV
Afsuski, Sobir akadan boshqa musahhihlarni eslayolmadim. U kishi bilan 1983-yilda amaliyotni o'tayotgan paytimda ikki oy birga ishlash nasib qildi. Nihoyatda bilimli, savodli kishi edi. O'sha paytda gazetaning navbatdagi soniga navbatchilik chog'ida u kishi hazillashib qoldi: "Hali vaqt keladi - mana bu joyda sening familiyang turadi", - deb "muharrir" degan joyga ishora qilgandi. Farishtalar omin, degan ekan, kaminaga 14 yil gazetaga rahbarlik qilish nasib etdi.

* * *
Iloji boricha tanigan-bilgan, birga ishlash baxtiga muyassar bo'lgan marhum o'tmishdosh hamkasblarim haqida dilimdagi poyonsiz xotiralarni "siqib-siqib", yuqoridagi satrlarni qoraladim. Balki, xayolim faromush bo'lib, kimlarningdir qutlug' nomini unutgandirman. Kelgusida bu ro'yxatni yana to'ldirishdan umidvorman. O'tganlarning oxirati obod bo'lsin!
Quvondiq XALILOV,
O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi a'zosi.