Bu so‘zlar zamirida qanchalar ma’no va mazmun bor. Bunda avvalo inson omili, qadri mujassam. Bugun fuqarolarimizning talab va istaklari, takliflari va fikrlari inobatga olinib, qonunlar, moddalarga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarimizning huquqiy savodxonligi oshib borayotganligi, yaqinda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Referendumda ovoz berishda faolliklarini oshirishlariga turtki bo‘lmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, murabbiylar va ishchi-xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Yaqin-yaqinlargacha o‘qituvchi va o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb etilganligi haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘ldi. Shu va boshqa aralashuvlar tufayli ta’limda sifat susayib ketganligi hech kimga sir emas.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 41-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bizni ham quvontirib yubordi. 41-moddaning amaldagi tahriri: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.

Bu moddaga davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qishga kirishi uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan (maktabgacha ta’limdan) o‘tishga bo‘lgan huquqi, bepul umumiy ta’lim olishi davlat tomonidan kafolatlanishi, maktab ishlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat nazoratida bo‘lishi, ayniqsa ta’lim bo‘yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiya tashkil etilishi kabi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi biz ta’lim sohasi xodimlarini quvontirmoqda. Shuningdek, davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratishi, pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash davlatning maqsadi va mas’uliyatli vazifasi etib belgilanayotganligi, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishga mone’lik qilishga yo‘l qo‘yilmasligi kabi normalar kiritilishi o‘qituvchining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘si va mavqeini oshirishga qaratilgan takliflar inobatga olinayotganligi barcha ta’lim xodimlarini bundan keyin yanada mas’uliyatni his etib, ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqilishida kuch-quvvat bo‘ladi.
Yuqori darajada o‘tkazilishi kutilayotgan Referendumda barcha yurtdoshlarim, hamkasblarim qatori men ham oila a’zolarim, yaqinlarim, qarindoshlarim, do‘stlarim bilan faol ishtirok etaman.
Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki, hammamizniki. Shunday ekan, sizlarni ham ushbu siyosiy jarayonda faol bo‘lishga chaqiraman.

Zamira QODIROVA,
3-umumta’lim maktabi direktori.