Bugungi kunda ta'lim sohasida ko'plab ishlar yangi islohotlar asosida amalgaoshirilmoqda. Bundan bir ne-cha yillar oldin 1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kunida o'qituvchilar paxta dalalarida yurishardi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ustoz va murabbiylarga qaratgan katta e'tiborlari tufayli bugungi kunda o'qituvchilarga juda katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Pedagoglar uchun hozirgi kunda ma-laka oshirish tizimida ham anchagina o'zgarishlar bo'ldi. Malaka oshirish tizimi "hayot davomida o'qish" tamoyiliga asoslangan bo'lib, pedagog xodimlar har yili malaka oshirish markazlariga borib, o'z salohiyatlarini oshirib qaytishmoqda. Eng faol va bilimdon o'qituvchilar uchun "Vazir stipendiyasi" ham joriy etilib, unga tumanimizdan ana shunday ilg'or o'qituvchilardan 5 nafari sazovor bo'ldi.
Bunday bilimdon o'qituvchilar o'z-larining yuqori savodxonligi va yuksak salohiyati bilan tumandagi kasb-doshlariga "Namuna maktabi" yaratib kelishmoqda. Bunday o'qituvchilar safini kengaytirish maqsadida Samarqand viloyati miqyosida Samarqand tajribasi sifatida 7 ta fandan metodik mobil guruhlar tashkil etilib, uzluksiz mashg'ulotlar olib borilmoqda.
Nargiza TOSHBEKOVA,
tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining umumiy
o'rta ta'lim maktablarida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish bo'yicha uslubchisi.