Har qanday jamiyat va davlatda mukammal qonunlar ustuvorligi ta’minlansagina taraqqiyot bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi tayyorlanib, umumxalq muhokamasidan o‘tkazilganligi fikrimizning tasdig‘idir. Joriy yil 10 martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi qabul qilindi.
Konstitutsiya loyihasiga 28 ta yangi modda kiritilayapti. Undagi moddalar soni 128 tadan 155 taga oshayapti. Shuningdek, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda. Bu Konstitutsiya 65 foizga yangilanayotganini anglatadi.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub o‘zgarishlarning uzviy qismi sanaladi. Demak, bu islohotlar barcha o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy asosini yaratadi hamda Asosiy qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka va shiddatli islohotlarimiz mantig‘iga moslashtiradi.
“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak” g‘oyasi asosida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha umumhalq muhokamasi o‘tkazilganligi uning xalqaro me’yorlar va talablarga mosligini ta’minlaydi. Muhokama jarayonida jami aholidan uni takomillashtirish bo‘yicha 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan va ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olgan.
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini tayyorlash jarayonida ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT, YeXHT, ShHT, YeI, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqalar tomonidan qabul qilingan 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin mamlakatlar konstitutsiyalari puxta tahlil etilgan. Eng muhimi, bunda xalqimizning, malakali ekspertlar va mutaxassislarning takliflari, xalqaro va xorijiy davlatlarning tajribalari inobatga olingan.Bu fikrimizniKonstitutsiyaviy Qonun loyihasi xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida bir necha bor muhokama qilinganligi, 10 ga yaqin xorijiy va xalqaro ekspertizalardan o‘tkazilib, ular tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanganligi yaqqol tasdiqlaydi.
Konstitutsiya loyihasiga O‘zbekiston davlatining huquqiy maqomi bo‘yicha qat’iy normalar kiritilayotganligi e’tiborga loyiq. Ilk marotaba Konstitutsiyada O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekanligi o‘zgarmas qoida sifatida mustahkamlanmoqda. Ushbu qat’iy norma jonajon Vatanimiz mustaqilligini asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan islohotlarni jadal davom ettirish hamda huquq ustuvorligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Konstitutsiya loyihasida O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarda ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlikka sodiq qolishligi ham aniq ifodalangan.O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishi, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsiplari bilan bir qatorda davlatlar hududiy yaxlitligi prinsipining ham e’tirof etilishi yurtimizning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan g‘oyalariga sodiq ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Konstitutsiya loyihasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy majburiyati ekanligi aniq va puxta belgilangan. Inson huquq va erkinliklari qonunlar, davlat organlari va ular mansabdor shaxslari faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilashligi ham loyihada qonuniy ifodasini topgan.
Inson va davlat organlari o‘rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta’sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo‘lishi kerakligi eng muhim huquqiy qoidalardan sanaladi. Ushbu qoidalar inson huquqlari ustuvorligini ta’minlaydi, davlat idoralarining o‘z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirishda mas’uliyatini oshiradi hamda insonga me’yoridan ortiq huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishining oldini oladi.
Konstitutsiya loyihasida “inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida inson huquqlari borasidagi normalar amaldagi qonunlardan qariyb 3,5 baravarga ko‘p ekanligi ham e’tiborga sazovor. Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi, har bir shaxs yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi loyihada aniq ifodalangan bo‘lib, ushbu huquqning cheklanishi va turar joyda tintuv o‘tkazishga faqat sud qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi haqida jinoyat protsessida shaxs daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlovchi norma kiritilayotganligi inson huquqlari ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Konstitutsiya loyihasi joriy yil 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan Referendumda umumxalq tasdig‘idan o‘tadi. Turli sabablarga ko‘ra muddatidan oldin ovoz berish istagidagi fuqarolar 19-26-aprel kunlari o‘z fuqarolik burchlarini bajarishlari mumkin. Referendumni o‘tkazish uchun davlat budjetidan 182,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilganligi bu muhim siyosiy tadbirning xalqaro talablarga mos va qonuniy asosda o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Po‘lat CHO‘MBOEV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.