Bugun, Bulung‘ur tuman hokimligi binosida Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova, tuman hokimligi apparat xodimlari, tumandagi barcha mahalla fuqarolari yig‘ini raislari, xotin qizlar faollari va fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda sud raisi N.Tursunova Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar umumxalq muhokamasiga qo‘yilganligi, loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi jarayonida aholidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi ham fuqarolarimiz ushbu masalaga juda katta qiziqish va e’tibor bilan yondashganligini ta’kitladi.
Unda sud raisi N.Tursunova Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar umumxalq muhokamasiga qo‘yilganligi, loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi jarayonida aholidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi ham fuqarolarimiz ushbu masalaga juda katta qiziqish va e’tibor bilan yondashganligini ta’kitladi.

Mamlakatimizda har qaysi xususiy mulkdorning qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli huquqiy kafolatlar tizimi yaratildi. Tadbirkorlik faoliyati uchun yer maydonlarini ajratishdagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, tizimdagi korrupsiya holatlariga barham berish maqsadida yer maydonlarini elektron auksion orqali ajratish tartibi joriy etildi.
E’tiborli tomoni, mulk egasiga zararning o‘rni to‘liq qoplanmaguncha davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish va ko‘chmas mulkni buzish tartibi bekor qilinib, investor va tadbirkorlarga yetkazilgan mulkiy zararni to‘liq qoplab berish tartibi kafolatlandi. Zero, mulkning egasi bo‘lsa, mehnat unumdorligi bir necha marotaba ortadi. Mulkdorning kayfiyati, intilishi, ish yuritishi, o‘z faoliyatiga, umuman, hayotga munosabati boshqacha bo‘ladi.

Bugun xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz kuchli ijtimoiy davlatni qurib bo‘lmasligi sababli Bosh qomusimizda xususiy mulk himoyasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish lozim. Bu orqali har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini his etadi. Hayotdan ko‘ngli to‘lib, ruhi ko‘tarilib, yangi-yangi marralarga intiladi.
Shu jihatdan, mulkdor sud qarorisiz, o‘zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasligi kerak. O‘z navbatida, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilash ayni muddaodir. Bu imkoniyatlar tadbirkorlikni jadal rivojlanishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugun tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish davlat siyosatiga to‘sqinlik qilish sifatida qaralmoqda. Bu tufayli aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish xohish-istagi oshib, yildan-yilga tadbirkorlik sub’ektlarining soni ko‘paymoqda. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirishga doir normalarning belgilanishi shubhasiz, tadbirkorlarning erkin va samarali faoliyat yuritishiga hamda biznesning jadal rivojlanishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga ishtirokchilar tomonidan berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.
N.TURSUNOVA,
Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.
Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.