Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavalludining 150 yillik yubileyi munosabati bilan yangi uy muzeyining zamonaviy binosi ishga tushirilganidan so‘ng bu yerga kelib ketuvchilar soni kun sayin oshib bormoqda.

- Bu uy muzeyidan zavq oldim, - deydi 17-umumta’lim maktabi direktori Xolida Qilicheva. - Muzeydagi eksponatlar, qadimgi ish qurollari, ro‘zg‘orda foydalanilgan sopol idish-tovoqlar, dehqonchilikda ishlatilgan omoch, o‘roq, bolta, ketmon, teshakabi tarixiy ish qurollari va o‘z davriga xos kiyib yurgan liboslari bugungi yoshlarimiz uchun bir ertak sifatida o‘tgan zamonlarda yashab o‘tgan ota-bobolarimiz yashagan davrlarni eslatishi bilan muhim ahamiyatga egadir.
- Shu kunlarda muzeyimizga kelib yaxshi taassurotlar olib ketayotganlarning soni kundan-kunga ortib bormoqda, - deydi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li uy muzeyining direktori Nodirbek Rahimov. - Tumanimiz aholisi va maktab o‘quvchilaridan tashqari qo‘shni tumanlardan, Jizzax viloyati Baxmal tumanidan, chegaradosh qo‘shni Tojikiston davlatining Panjakent shahri va tumanlaridan ham mehmonlar tashrif buyurishmoqda.
Rabbim HOTAMOV.