Joriy yil boshida tumanimiz hududidagi G'o'bdin tog'lari etagida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi "G'o'bdin parrandachilik fabrikasi" ishga tushirildi.
- Fabrikamiz, asosan tuxum yetishtirishga mo'ljallangan, - deydi "G'o'bdin parrandachilik fabrikasi" bosh mutaxassisi Azzam Atoyev. - Ayni paytda Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan zamonaviy asbob-uskunalar o'rnatilgan 3 ta sexda ish boshladik. Ish jarayoni asosan kompyuter texnologiyasi asosida boshqariladi.

Fabrika ishga tushishi munosabati bilan Bo'ston va Ingichka qishloqlari aholisidan 20 nafardan ortiq ayol va erkaklar doimiy ish bilan ta'minlandi. Fabrikada ishchilarga qulay sharoitlar yaratilgan. Ular issiq ovqat, maxsus ish kiyimi va shinam dam olish xonalari, yuvinish uchun dushxonalar bilan ta'minlangan. Ishchilar ishga borib kelishlari uchun maxsus xizmat mashinalari ajratilgan. Ish boshlanishidan oldin ishchilarga kunlik ish tartibi, jo'jalarni parvarishlash, mavjud texnologiyalardan to'g'ri foydalanish tartib-qoidalari haqida fabrika mutaxassislari tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Bu ishlarning barchasi mamlakatimiz iqtisodini rivojlantirish, xalqimiz turmushi farovonligini yuksaltirish uchun hissadir.
Rabbim ERGASHEV.