O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbuslari va g‘oyalari asosida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-sonli Qonuni qabul qilinishi bugungi kunda xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qonun mazmuniga ko‘ra Zo‘ravonlik – tazyiq va tahqirlashlar orqali shaxs ustidan nazorat qilishdir. Ya’ni, zo‘ravonlik jabrlanuvchi va uning hayoti ustidan nazorat qilishni ongli ravishda o‘rnatishdir.
Bundan tashqari, qonunda tazyiq hamda zo‘ravonlikni boshidan o‘tkazgan shaxslarni himoya qilish, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday shakliga murosasiz munosabat muhitini qaror toptirishni nazarda tutuvchi protsessual kafolatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar aks ettirilgan.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniq ko‘rsatilib, bu sohadagi vakolatli organlar belgilab berildi.
Ushbu qonunning qabul qilinishi jamiyatda, turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalari va boshqa joylarda xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni tobora mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish mexanizmi qonunchilik darajasida mustahkamlab qo‘yildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuqoridagi qonunning ishlash mexanizmini yanada samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, fuqaro Boboxolov Anvar Rustamovich (ism, familiya va boshqa nomlar shartli o‘zgartirilgan) A.Boboxolov, 2023-yil 6-aprel kuni soat 22:30 larda Bulung‘ur tuman “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini “Changal” qishlog‘i 26-sonli yashash uyida, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun himoya orderi berilgan turmush o‘rtog‘i Abdug‘anieva Gulshan Sa’dulla qizini o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli qasddan sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilib, urib qasddan yengil tan jarohati yetkazib, himoya orderi talablarini bajarmagan.
Tuman sudining 2021-yil 2-aprel kungi qaroriga ko‘ra, A.Boboxolovga MJtKning 2061-moddasi bilan o‘n sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

J.GAYBULLAEV,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining raisi.