Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan Sayiltepa mahallasida yashovchi nuroniy o‘qituvchi Erkin ota Suyunovlar xonadonida ham xalqimiz o‘rtasida an’anaga aylanib qolgan “Sumalak sayli” bo‘lib o‘tdi.


Sayiltepa mahallasining ko‘rki bo‘lgan bu oila boshlig‘i Erkin bobo Suyunov 1974-1979-yillar davomida Samarqand Davlat universiteti geografiya fakultetida ta’lim olib, qirq yil davomida 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh avlodga geografiya fanidan saboq berib keldi. Ayni paytda nafaqa gashtini surayotgan ustoz o‘qituvchini farzandlari bilan birga shogirdlari ham Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etishdi.
- Shuday ajoyib dorulamon zamonga yetkazganiga shukur, - deya Erkin bobo va Zarxol momolar duoga qo‘l ochishdi. Shundan so‘ng “Sumalak sayili” ishtirokchilari doshqozonda qaynayotgan sumalakni yaxshi niyatlar bilan qo‘zg‘ashdi. Sho‘x musiqa sadolari ostida hamma raqsga tushishdi.
Hammada katta taassurotlar qoldirgan “Sumalak sayili” kechgacha davom etdi. “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” shiori ostida she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. Bundan hammamiz xursand bo‘ldik.
Gulmira BEGALIEVA,
Yangiqo‘rg‘on MFY xotin-qizlar faoli, “Sumalak sayili” ishtirokchisi.
Yangiqo‘rg‘on MFY xotin-qizlar faoli, “Sumalak sayili” ishtirokchisi.