Bulung‘ur nomining kelib chiqishi, tarixi bilan ko‘proq qiziqishim sababi unga doir har qanday ma’lumotni to‘plab, tahlil qilishga harakat qilaman va yurtdoshlarga ulashishga harakat qilaman. Shunday kunlarning birida samarqandlik tomonomistlar N.Begaliev va A.Turobovlarning “Samarqand toponomiyasi” kitobi (Samarqand, 2015, 36-b) dan “Surxondaryo viloyatida Bulung‘ur nomli soy, Xitoyning Gansu viloyatida Bulunszir, ya’ni Bulung‘ur degan daryo bor”, degan jumlani o‘qib qoldim. Jumlani o‘qishim bilan, “Bulung‘ur nomi qanday qilib Xitoyga borib qolgan”, degan savol tug‘ildi.
Orada Surxondaryodagi Bulung‘ur soy ham qolib, Xitoydagi Bulung‘ur daryosi qiziqarli ko‘rindi. Chunki, bir yo‘lim tushsa Surxondaryo Bulung‘urini o‘rgansam bo‘ladi. Lekin, Xitoy Bulung‘urini o‘rganish bir oz muammoli. Shu sabab uni kitobdan izlay boshladim.

Avvalo, shu gapni boshlagan shu kitobning o‘zidan javob chiqib qolar degan umid bilan o‘qishni qiziqib davom ettirdim. O‘ylaganimdek, kitob (78-79-b) dan Sug‘d qishlog‘ining tarqalishiga oid, geografik nomlar tadqiqotchisi S.Qoraevning sug‘d koloniyalari haqida to‘xtalar ekan, Samarqand bilan bog‘liq bir qator qiziqarli faktlarni bayon qiladi. Chunonchi, miloddan avvalgi V-111 asrlardayoq xitoy shaharlarida sug‘dlarning mahallalari vujudga kelgan, bu savdo-sotiq, diplomatik aloqalar tufayli sodir bo‘lgan. Umuman, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab qurilgan sug‘d aholi manzillari tarixiy asarlarda tez-tez tilga olinadi. Fazlulloh Rashid ad-din (1247-1318) o‘z asarlarida Xitoydagi Simoli haqida gapirar ekan, “bu shaharning aholisi samarqandliklardir, ular Samarqand odatiga ko‘ra, ko‘plab bog‘lar barpo qilganlar”, deb yozgan. Shundan, demak, ular orasida albatta bulung‘urliklar bo‘lgan degan xulosaga keldim. Chunki, toponomika (joy nomlarining kelib chiqishini o‘rganuvchi fan) da , “Boshqa yurtlardan yangi manzillarga ko‘chib kelganlar yangi joylarga ham o‘zlari tug‘ilib o‘sgan joy nomlarini beradi”, degan qonuniyat bor.
Keyin o‘sha samarqandlik bo‘lib borgan Bulung‘urliklar-u joylarda kimlar bilan yashagan yoki ularning qo‘shnilari kimlar bo‘lgan, degan savol ko‘plarni qiziqtiradi. Chunki, u joylar begona yurt va muhit.
Izlanishlarni davom ettirganimda, bu savolga mashhur Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885-1946) ning “Turkiston qayg‘usi” asari ( J., 2020, 18-b) izohida biz izlayotgan Gansu viloyati va uning tub joy aholisini “Dungan (tungon) lar - asosan Xitoyning Gansu, Sinxay, Guychjou viloyatlari, sharqiy Turkistonda va qisman O‘zbekiston, Qirg‘isiston, Qozog‘istonda yashovchi, hanafiy mazhabidagi musulmon xalq. O‘zlariga xos (sino-tibet oilasiga mansub) til va madaniyatga egadirlar”, degan izohni topdim. Demak, o‘sha davrlarda bulung‘urliklar dunganlar bilan qo‘shni yashagan. Lekin, hozir ular o‘zlarining ota yurti bugungi Bulung‘ur bo‘lganligini biladimi, bunisi qorong‘u. Balki bilar. Chunki, Bulung‘ur daryosi nomi bunga asos bo‘ladi.
Bu masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan xarita va darsliklardan ularni izlab topa olmadim. Qolaversa, jamiyatlar o‘zgargan, nomlar o‘zgargan. Hatto o‘zimizdagi Bulung‘ur nomining qachon paydo bo‘lganini aniq bilmaymiz-ku.
Shunday ekan Bulung‘ur uchun Samarqandni asos qilib izlaydigan bo‘ldim. Shunda tarixchi Juvayniy mo‘g‘ul hukmdori Kuyukxonning hayoti va faoliyatini yoritar ekan, Beshbaliq (Jung‘oriya) shahrining shimoliy yo‘nalishidagi yetti kunlik yo‘ldagi (280 km.) Samarqand shahrini tilga oladi. Demak, bu yerda oldin Beshbaliqni toppish kerak bo‘ladi. Alixonto‘raning o‘sha kitobi (23-b) da, aytishicha, “Beshbaliq – islomdan ko‘p yillar ilgari Issiqko‘l (Qirg‘iziston -S.J) bo‘ylaridagi Beshbaliq bilan Bolasog‘un shahrida uyg‘urlarga o‘xshash o‘troq madaniy turklardan o‘g‘uz turklari yashagan edi. Rim podshohlari laqabi “qaysar”, Eronniki “xisrav” bo‘lganidek, Beshboliqqa, Bolasog‘unga kim podsho bo‘lgan ekan, bunga “Ediqut” laqabi qo‘yilgan edi. Aslida Turkiston beshigi va poytaxti Beshboliq, Bolasog‘un shaharlaridir. Hozirgi Issiqko‘lning kungay (janub), teskay (shimol) tomonlari bo‘ylab suv ichida qayiq bilan yurgan kishilarga Beshbaliq xarobalari ko‘rinib turadi. Undan chiqqan pishiq g‘ishtlardan qirg‘izlar olishib, o‘lgan manop (oqsuyak)lari qabrlari ustiga bir necha gumbaz yasatganligi hali esimizda bordir. Ko‘lning to‘lqinlari bilan chet yoqaga surilib chiqib qolgan o‘sha zamonning uy asboblari, dehqonchilik soymon (asbob) larini shu kungacha ham topib oladilar.
Bu Beshboliq atalgan shaharlarning xarob bo‘lishiga kelsak, biz ko‘rgan tarixlarning hech birovida buning bayoniga ko‘zimiz tushmadi. O‘tmishdagi tabiat o‘zgarishlari orqali yer tebranishi bilan shahar o‘rinlari ko‘lga aylanib, suv ostida qolgan bo‘lishi ham mumkindir”, deb ta’riflagan.
Demak, Beshboliq bugungi Qirg‘iziston hududida bo‘lgan. Ammo undan yetti kunlik shimoliy yo‘nalishdan Samarqandni topa olmadik. Chunki, Xitoy tarixi ham o‘zgarib ketgan.
Nima bo‘lgan taqdirda ham Bulung‘ur daryosi hozirgi Xitoy davlatiga tegishli Uyg‘uristonda degan xulosaga keldik. Hozir u joylar Shinjon deb ataladi.
Keyin o‘ylab qarasam, rasmiy jihatdan Uyg‘uriston Xitoyga qaram hudud bo‘lib qolgani uchun Xitoy Bulung‘uri deb atagan bo‘lsamda, aslida qancha Bulung‘ur bo‘lsa ham hammasi Turkistonda ekan. Bu esa Bulung‘ur nomining asl ma’nosi turkcha ekanligini bir necha bor isbotlash uchun dalillardir. Demak, biz bu bilan mis izlab oltin topdik desak bo‘ladi. Shu bilan birga ko‘p toponomistlar bilib-bilmay, aniqrog‘i M.Koshg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘ati turk” (DLT) asarida qaysi Bulung‘urni qanday izohlaganini bilmasdan, biz yashayotgan Bulung‘urga ham shunday izoh bergan deb yozuvchi “donolar” hech bo‘lmasa Turkiston tarixini yaxshilab o‘qisin. Keyin Koshg‘ariyning qaysi Bulung‘urga nima deb izoh berganini bilib oladi. Turkiston tarixini bilmasdan, umrida bizning o‘lkalarda bo‘lmagan Mahmuddek olimni qanday qilib Samarqand Bulung‘uriga izoh berganligiga haligacha hayron qolaman.
Demak, M.Koshg‘ariy ham sharqiy Turkistondagi Bulung‘ur haqida yozgan. Oxirgi gap Bulung‘ur so‘zini lalmilardan oqib keladiga sel suvlarini tutib, o‘ziga olib qoluvchi soy-daryo bo‘lganligi ma’nosida ishlatganini angladik. Ko‘plar uni bu o‘rinda noto‘g‘ri tahlil qilib, Bulung‘urliklar qullar avlodi, deb tushunar edi. Toki bilmaslar Bulung‘ur soyi bilan Bulung‘ur xalqi nomlari izohlarini ajrata olsalar yozsinlar. Yoki Bulung‘ur daryosining soydan oqib keladigan suvlarini o‘ziga olishni asir qiladigan farqiga borganda Bulung‘ur so‘ziga izoh yozsin!
Aks hollarda ularni birovning gapi ma’nosini bilmasdan takrorlovchi to‘ti qushga o‘xshataman. Chunki, Bulung‘ur sof turkiycha so‘z bo‘lib, bulung‘ur - tutqin, ur - suv degan-ku.
Qolaversa, u mo‘g‘ullar o‘lkamizga kelmasidan oldin mavjud bo‘lgan nom. Shu sabab uni turkiy tilli xalqlar yashagan joylarda uchratamiz. Demak, kim Bulung‘ur nomining ma’nosini mo‘g‘ulcha “loyqa suv” deb aytsa, yozsa u qip-qizil to‘tiqushdir. Chunki, to‘ti o‘zi aytayotgan so‘zlarni tahlil qilishni bilmaydigan ko‘chirmachidir. Sabab - Bulung‘urning eng qadimgi Buzmajon va Yalang‘ur (o‘rta asrlarda) nomlari ma’no jihatdan nimaga ishora berishini tahlil qilganmisiz? Gapiraman desak, gap ko‘p.
Mayli hozircha va xitoycha Bulunszirning borligini bilib turaylik.

Safarali JALILOV,
O‘zbekiston Geografiya jamiyati faxriy a’zosi.