Yurtimizning har bir go'shasi o'ziga xos chiroyli va ajib maskandir. Har bir qishloq-u ovullar, shahar va tumanlar nomlari kelib chiqishining o'ziga xos tarixi mavjud. Jo'g'rofiy nomlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi, o'zgarishi va to'g'ri yozilishini o'rganuvchi fan bu toponimika fani hisoblanadi.
Toponimika (yun. "topos" - joy va "onima" - ism, nom) - onomastika, joy nom-lari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo bo'lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanishi va o'zgarishini, tarixiy etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o'rganuvchi bo'limidir. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui - toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, yurtimizdagi har bir maskanning nomlari kelib chiqishining o'ziga xos tarixi mavjud. Shu jumladan, menyoshligimdan o'z yashash joyimning ajoyib nomi qayerdan kelib chiqqanligi, nega bunday nom bilan atalganligi haqida qiziqqanman. O'z qiziqishim tufayli kichik izlanishlar o'tkazdim. "BULUNG'UR" so'zining kelib chiqishi haqida 2 ta rivoyatlarda keltirilgan ma'lumotlarni topdim. Ularning birida bu yerda Bulung'ur arig'i bo'lganligi, "Bulung'ur" so'zi mo'g'ulcha "bulug'ar" - ya'ni "loyqa suv" degan ma'noni anglatadi. Demak, ushbu rivoyatga qaraganda mo'g'ullar kelgan davrda ushbu hududda suv havazasi mavjud bo'lganligi, ushbu suv havzasining suvi loyqa bo'lganligi sababli mo'g'ullar "bulung'ar", "loyqa suv" deb atagan.
Men topgan ikkinchi rivoyatda esa Bulung'ur so'zi "burulg'ur'" so'zidan olingan bo'lib, Zarafshon vodiysining eng qadimgi ariqlaridan bir bo'lmish Bulung'ur arig'i oqib o'tgan. Ushbu hudud nomining kelib chiqishi hududda joylashgan ariq nomidan kelib chiqqan. Boshlanishi va tugashini hisoblaganda 90 km lik ariq bo'lgan. Bu ariq burilib-burilib oqganligi sababli haqiqatga yaqin deb o'yladim. Shuning uchun ham hozirda ushbu hudud "Bulung'ur" deb yuritiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, men tug'ilib o'sgan joy Bulung'ur tumani - O'zbekistonning boshqa tumanlari qatori uzoq tarixga ega hudud hisoblanadi.

G'iyosjon ALIQULOV,
Samarqand shahar turizm texnikumi 1-bosqich talabasi.