uning xavfi qanday?
Yaqinda “Olmazor” MFY binosida Samarqand viloyat Transportda XTB Bulung‘ur bekatida XTB boshlig‘i, kapitan M. Jo‘raev, Samarqand viloyat IIB Transportda XTB TG tergovchisi Sh. Hasanov, Samarqand viloyat Transportda XTB JTSB PPX safdor xodimi B. Karimov va mahalla faollari ishtirokida “Kiber jinoyat haqida tushuncha va kiber jinoyat uchun qanday javobgarlik bor” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Samarqand viloyat IIB Transportda XTB TG tergovchisi Sh. Hasanov ishtirokchilarga kiber jinoyat va uning kelib chiqish sabablari haqida tushuncha berib, jumladan shunday dedi:
- Kiber o‘g‘rilar kompyuter viruslari va xakerlar (kraker reverser) bo‘lib, ularni internet maydonida kiber o‘g‘rilar deb ataymiz. Kiber o‘g‘rilar kompyuter xotirasiga kirib, uni viruslar orqali zararlaydilar. Ularni xakerlar deyishadi. Xaker - ingliz tilida yorib tashlash, chopish, buzish degan ma’nolarni anglatadi. Ular haddan ziyod malakali va ixtisosli axborot texnologiyalari mutaxassisi hamda kompyuter texnologiyalarini puxta biluvchi kishilardir.
So‘nggi yillarda yurtimizda ham plastik kartadan pul o‘g‘irlash holati ko‘payib bormoqda. Ushbu moliyaviy firibgarliklar bilan bog‘liq takrorlanuvchi hodisalarning oldini olish maqsadida yagona umumrespublika protsessing markazi bilan bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xayriya aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.
Zafar DAMINOV,
Samarqand viloyat Transportda TB XPB inspektori, mayor.