“Mehrjon” mahallasi markazidagi novvoyxona chorak asrdan buyon mahalla aholisini, yo‘lovchilarni, “Dehqon bozori”dagi xaridorlarini issiq non bilan ta’minlab kelmoqda.
- Kuniga 1500-2000 ta issiq va shirin nonlarni aholiga yetkazib berayapmiz, - deydi tadbirkor novvoy Kamoliddin Hasanov. - Tayyor issiq nonlarni “Dehqon bozori”ga, mahalla hududidagi savdo do‘konlariga chiqaramiz. Shuningdek, novvoyxona oldidan o‘tgan Bulung‘ur - Kildon asfalt yo‘lidan o‘tayotgan yo‘lovchi mashinalar ham to‘xtab, biz pishirayotgan issiq nonlardan bahramand bo‘lishmoqda.
Ushbu novvoyxonada bir oila a’zolari bir tan-bir jon bo‘lib mehnat qilishmoqda. Tadbirkor Kamoliddin Hasanovning turmush o‘rtog‘i Ra’no opa, ukalari Salohiddin, Asliddin, Sayfidinlar aholiga taqdim etayotgan mazali issiq nonlar hammaga manzur bo‘lmoqda.
- Asosan mahallamiz aholisini non bilan ta’minlayotgan bu novvoylar xizmati barchaga manzur, - deydi “Mehrjon” MFY raisi Ergashbek Butunov. - Mahallamiz ko‘rki bo‘lgan bu novvoyxona novvoylari to‘y-ma’rakalarga ham buyurtma asosida issiq nonlar yetkazib berishmoqda. Shu sababli ular xalq hurmatiga sazavor bo‘lishmoqda.

Rabbim HOTAMOV.