Isoqboy bobo Rajabov yoshligidan bog‘larda barq urib yashnayotgan daraxtlarga mehr qo‘ydi. Har bir mevali daraxt ko‘chatlarini parvarishlash payvandlash, ularga shakl berish ishlariga qiziqdi.
- Shu sababli bundan 35 yil oldin Tayloqli usta bog‘bon Asadullo akaga shogird tushdim, - deydi 73 yoshli Isoqboy bog‘bon bobo. - Ustozimdan mevali daraxtlarni parvarishlash, ularga shakl berish kabi ishlarni o‘rgandim. Tomorqa egalari va fermer xo‘jaliklaridagi mavjud bog‘lardagi mevali daraxtlarga ana shu Isoqboy bog‘bon chiroyli shakl berib, hosildorlikning oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Isoqboy bobo o‘zining samarali mehnati bilan “Fayozjon” fermer xo‘jaligining mashhur bog‘boni sifatida elga tanilgan.
- Har yili tomorqamizdagi 20 sotixli maydondagi olma daraxtlariga shu Isoqboy bobomiz shakl beradi, - deydi fuqaro Sulton Umurzoqov. - Shu sababli bog‘imizdagi olmalar mo‘l hosil bermoqda. Bundan hammamiz xursandmiz.
Isoqboy bobo o‘tgan davr mobaynida o‘nlab yoshlarga bog‘bonlikning o‘ziga xos sirlarini qunt bilan o‘rgatdi. Shogirdlari ish davomida ustoz bog‘bon bobodan tegishli maslahatlar olib turishadi. Ayni kunlarda pensiya yoshida bo‘lishiga qaramasdan Isoqboy bog‘bonning qo‘li qo‘liga tegmaydi. U bog‘ egalariga madadkor bo‘lib, daraxtlarga shakl bermoqda.

Rabbim HOTAMOV.