Fan oyligi doirasida joriy yilning 20-oktabr kuni 3-umumta’lim maktabida ham “21 oktabr –O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchilari, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari hamda tumanimizda yashab, ijod qilib, bir qancha maqola, hikoya, xabar va lavxalarning muallifi bo‘lgan, ijodga va yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan, bir qancha yosh iste’dodlarga murabiylik qilgan, Safarboy Aliboev hamda umrining asosiy qismini yosh avlodni tarbiyalashga, ta’limga bag‘ishlagan, kelgusida vatan ravnaqi uchun munosib xizmat qiluvchi asl farzandlarni tarbiyalashda munosib hissa qo‘shgan ustoz – murabbiy, she’riyat ixlosmandi, bir qancha hikoya, maqola, sher’lar, novella va qasidalar muallifi Tursunpo‘lat El’chievlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ijodkorlar o‘z ijod namunalar o‘qishdi.



Dinara GULBOEVA,
3-umumta’lim maktabining 7 “b”-sinf o‘quvchisi.