Buyuk insonlar to'g'risida yozish bir qaraganda osonday tuyuladi. Sababi - bunday insonlar haqida yoshligimizdan tanishmiz, kitoblarda o'qiganmiz, hatto asarlari asosida ishlangan kinofilmlarni tomosha qilganmiz. Lekin, qo'lingga qalam olib yoza boshlasang, buyuk insonlar haqida yozish o'ta qiyin ekanligini anglaysan. Ularga munosib so'z topolmay qiynalasan. Shuning uchun bo'lsa kerak, ularni buyuk siymolar deb ataymiz.
Jahon tarixiga o'zining muborak nomini zarhal harflar bilan yozgan ana shunday shavkatli bobolarimizdan biri shak-shubhasiz buyuk shoir va shoh, tarixchi, geograf, sarkarda, davlat arbobi, Boburiylar sulolasining asoschisi Zahriddin Muhammad Boburdir. Bobur el manfaati yo'lida mardlik ko'rsatdi, ibratli hayot kechirdi, o'zidan boqiy meros qoldirdi. Bobur jahon adabiyoti xazinasiga dilbar she'riyat bilan birga "Boburnoma" deb atalgan nodir nasriy memuarni ham taqdim qildi. "Boburnoma"ni ingliz tiliga ko'chirgan mohir tarjimon Anneta Boverij xonim "Boburnoma" butun tarixdan yaratilgan yozma yodgorliklarning bebahosidir, degan edi. Boburning jasur jangchi va yetuk sarkarda ekanligini dunyo xalqlari ham yaxshi bilishadi. AQSh milliy akademiyasi a'zosi Eduard Xolden bu to'g'rida "Bobur insonlar ichida eng botiridir" deb baho bergan.
Otaning farzandiga bo'lgan mehr-muhabbatini, fidoyiligini butun dunyoga isbotlab berdi va barcha xalqlarni hayratga soldi. Bobur og'ir yotgan o'g'li Humoyunning yoniga keladi. Bu "Boburnoma"da quyidagicha tasvirlanadi... "Uch kala boshidan o'rgulib, dedimkim, men ko'tardim harne darding bor. O'shal zamon men og'ir bo'ldim, ul yengil bo'ldi. Ul sihat bo'lib ko'pti. Men noxush bo'lib yiqildim"...
Bobur nafaqat shoh va shoir, farzandiga fidoyi ota, balki o'z rafiqasiga sadoqatli umr yo'ldosh ekanligini isbotlagan buyuk vafodor inson hamdir. Ana shunday buyuk insonning Bulung'urda bo'lgan-bo'lmaganligi ko'pchilikni qiziqtirsa kerak, albatta. Tumanimizda yashab, ijod qilayotgan Safarali Jalilov ko'p izlanishlardan so'ng Boburning Bulung'urda bo'lganligini ilmiy isbotlab bergan. Xususan Bobur "Boburnoma" asarida yozishicha, Bulung'urga 1497 yilning yozida, 1498 yilning bahorida, 1499 yilning yozida, 1500 yilning kuzida va 1501 yilning bahorida bo'lganlar. U o'zining Bulung'urga dastlab kelishini shunday ta'riflaganlar. "Sulton Ali Mirzo bila ko'rishganda ondaq muqarrar bo'lib edikim, yoz olar Buxoridin, men Andijondin kelib Samarqandni muxosara qilgaybiz. O'shal niyat ila ramazon oyi Andijondin otlanib, Yoryayloq novahasiga (hozirgi G'allaorol, Bulung'ur, Baxmal, Jomboy va Payariq tumanlari - S.J.) yetganda mirzolarning ro'baro o'tirgan xabarini topib, To'lin Xoja mo'g'ullarni ikki-uch yuz qozoq yig'it bila ilg'or ayirdik".
Undan tashqari ushbu shoh asarda Bobur ko'p bora Bulung'urda, xususan Sheroz qo'rg'onida bo'lganini yozib qoldirgan. Sheroz qo'rg'oni bugungi Bulung'ur shahridan bir tosh sharqdagi xarobalar (Ayni paytda davlatimiz tomonidan arxeologik ishlar amalga oshirilib, obodonlashtirish va boshqa maqsadlarda katta ishlar qilinmoqda) o'rnida bo'lgan. Xo'ja Hofiz qo'rg'onini B.Axmedov o'zining "Amir Temur" romanidagi (T., 1995, 631-b) izohida "Sheroz - shu tuman markazi. Samarqandning sharqida, undan to'rt farsax - 32 km. masofada joylashgan shaharcha", deb ta'riflagan.
Xullas, shoh va shoir, buyuk sarkarda bobomizning Bulung'urda bo'lganligi bizga faxr-iftixor tuyg'usini bag'ishlaydi. Farzandlarimizni buyuk bobomizdek mard va jasur bo'lishga undaydi.

G'ulom O'ROLOV,
xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.