“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Bulung’urtumangaz” gaz ta’minoti boshlig’i Sharofiddin Duvlanov tomonidan 2022-yil 12 oy davomida va 2023-yil yanvar-fevral oylarida hamda kelgusida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tuman aholisi va ishlab chiqarish obektlariga tabiiy gaz yetkazib berishda jami: 473.8 km gaz quvurlari mavjud bo‘lib, shundan yuqori bosimli 45.5 (10%) km, o‘rta bosimli 74.7(16%) km va past bosimli 352.9(74%) km gaz quvurlarini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda tuman bo'yicha aholi tabiiy gaz iste’molchilar soni 5 695 ta bo'lib, jami tuman aholi iste’molchilarining 16,7% ni tashkil qiladi. Suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan iste’molchilar soni 28 115 ta bo'lib, jami tuman aholi iste’molchilarining 83% ni tashkil qiladi. Ayni vaqtda 110 ta tabiiy gazdan foydalanuvchi ulgurji iste’molchilar mavjud bo'lib, “Bulung'urtumangaz” gaz ta’minoti bo'limi tomonidan tumanda joylashgan 10 AGNKS (avtomobillarga gaz quyish shaxobcha)lariga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

2022-2023-yillar davomida kuz-qish mavsumiga “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz;
- Hozirgi kunda Bulung‘ur tumanida yer osti gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash rejasi 53 km bo‘lib, amalda 53,5 km bajarildi, ya’ni 101 %ga bajarildi.
- GTQlarning gaz bosim sozlagichlarni taftish qilish rejasi 205 ta bo‘lib, amalda 205 tasi taftish qilindi, ya’ni 100% ga bajarildi.
- Yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekshirish ishlari 18 km bo‘lib, amalda 18.4 km bajarildi, ya’ni 101% ga bajarildi.
- Gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari rejada 13 km bo‘lib, amalda 13 km bo‘yoqlash ishlari qilindi, ya’ni 100% ga bajarildi.
- Tumanning Yangiariq MFY Mehnatobod massivida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uylar hamda 24-maktabgacha ta’lim muassasasini gazlashtirish dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyiha smeta xujjatlari bajarilib, 2022-yil 14-noyabrdan o'rta bosimli gaz tarmogiga ulanish uchun 1 600 metr gaz quvuri tortilib xonadonlarga tabiiy gaz yetkazib berildi.
Yangiobod va Beshqo'ton MFYda joylashgan aholi xonadonlariga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish hamda xizmat uyi ximoya zonasida qolib ketgan 170 metr yer osti gaz quvuri yer ustiga chiqarildi.

Aholiga gazdan havfsiz, oqilona foydalanish to‘g‘risida 4 642 dona varaqalar tarqatildi. Bo‘lim xodimlari bilan birgalikda 2022–2023-yil kuz-qish mavsumini betolafat o‘tkazish maqsadida 55 ta mahallalarda tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borildi. Bunda 2 220 nafar fuqaro qatnashdi.
Aholiga gazdan havfsiz oqilona foydalanish to‘g‘risida tashviqot-targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
Suyultirilgan gaz ballon bo‘yicha tumanning 54 MFYda yashovchi 28 115 ta iste’molchilarga yanvar – dekabr oylarida 206 595 ta maishiy ballon yoki 4 131,9 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi.
Tumanda aholi iste’molchilariga qulaylik yaratish maqsadida hamda oraliq masofani qisqartirish uchun “Bedana” mahallasi hududida maishiy gaz ballonlarga suyultirilgan gaz mahsuloti quyish shahobchasi ishga tushirildi.
Hozirgi kunda suyultirilgan gaz iste’molchilariga belginlangan reja grafik asosida navbatma navbat suyultirilgan maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.
Tumandagi maishiy gaz ballonga ehtiyojmand oilalarga 88 dona maishiy gaz ballon yetkazib berildi. Undan tashqari “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha Chorbog‘ mahallasiga 110 dona, Bog‘bon mahallasi 60 dona jami 258 dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berildi.
Tuman bo‘yicha aholi va ulgurji iste’molchilar tomonidan 2022-yil yanvar – dekabr oylarida 948 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 825 ta murojaatlar ijobiy yechimini topdi, 97 ta murojaat bo‘yicha murojaatchilarga tushuntirish ishlari olib borildi, 26 ta murojaat hozirgi vaqtda jarayonda bo‘lib o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 20 ta mahallalarda “Sayyor qabul”lar tashkillashtirilib 99 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi.
Hozirgi paytda tuman bo‘yicha tabiiy gaz aholi iste’molchilari soni 5 695 ta bo‘lib, jami tuman aholi iste’molchilarining 16,7%ni tashkil qiladi. Ulgurji iste’molchilar soni 102tani tashkil etadi.
102 ta ulgurji iste’molchilarning barchasida gaz hisoblagich uskunalariga modem o‘rnatilgan.

Elektron gaz hisoblagich (ASKUG) o‘rnatilishi natijasida ta’minotchi va iste’molchi o‘rtasida shaffof tarzda hisob-kitob yuritilishiga, tabiiy gaz avtomatlashtirilgan tizim bo‘yicha nazoratini olib borishga keng qulayliklar yaratildi. Aholining o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lov qilishga va to‘lov intizomigarioya qilinishiga zamin yaratildi.
Hozirgi kunda bir kunlik aholi xonadonlari iste’moli 34,0 ming m3 yoki 13,0 mln so‘m tashkil etmoqda.
Tumanimizda hozirgi vaqtda 5 695 ta tabiiy gaz iste’molchilari tabiiy gazni bir kunda o‘rtacha 1 m3 dan tejamkorlik bilan foydalansa bir oyda 169 050 m3 gaz yoki 64,2 mln so‘mlik tabiiy boyligimizning tejamkorligiga erishgan bo‘lamiz.
2023-yil yanvar-fevral oyi davomida 10 612,0 mln m3 gaz qabul qilib olinib shundan aholi iste’molchilariga 6 614,0 mln m3 yoki 2 513,3 mln so‘mlik gaz yetkazib berildi.
Gulistonva Do'stlik MFYda joylashgan aholi xonadonlariga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish hamda Bulung'ur Buyum boziri hududida qolib ketgan 430 metr yer osti gaz quvuri bozor hududidan chiqarildi.
Suyultirilgan gaz bo‘yicha yanvar-fevral oyida aholi iste’molchilariga 36 523 dona yoki 730,4 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi.
Yanvar – mart oylarida iste’molchilar tomonidan 249 ta murojaatlar tushgan bo'lib
Shundan:
218 ta ijobiy hal etildi.
21 tasi jarayonda
15 tasiga tushuntirish ishlari olib borildi.
Aholiga gazdan havfsiz, oqilona foydalanish to‘g‘risida 2023-yil yanvar – fevral oylarida 542 dona varaqalar tarqatildi. Bo‘lim xodimlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumini betolafat o‘tkazish maqsadida 9 ta mahallalarda tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borildi. Bunda 363 nafar fuqaro qatnashdi.
Aholiga gazdan havfsiz oqilona foydalanish to‘g‘risida tashviqot-targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
Kelgusida tabiiy gazni aholi xonadonlariga hamda ijtimoiy soha obektlariga bir me’yorda yetkazib berish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, har bir soha mutaxassislariga mas’uliyatligi oshirilib tizimli ishlar tashkillashtiriladi.
Suyultirilgan gaz ballonlar tasdiklangan reja-grafikga asosan mahallalar kesimida yetkazib beriladi.