Shahrimizning “Bulung‘ur” mahallasi hududida bundan roppa-rosa 55 yil oldin qurilib ishga tushirilgan “Diyor” stadioni qoshidagi xizmat vazifalarini o‘tab, eskirib qolgan ko‘rimsiz ma’muriy binolar o‘rnida zamonaviy binolar qurilishi boshlab yuborildi.
– 2022 yilda Injiniring kompaniyasining onlayn tartibida qurilish ob’ektlari bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritdik, - deydi Qo‘shrabotlik “Qiyqim me’mor” xususiy korxonasi direktori Ashrafjon Shakarov. - Shu asosda “Diyor” stadionidagi 3 milliard 42 million 54 ming so‘mlik ulkan qurilish ishlarini boshlab yubordik. Qurilish ishlarini Qo‘shrabotlik, Urgutlik va mahalliy qo‘li gul, qurilish sohasida o‘z kasbining mohir bilimdonlari bo‘lgan quruvchilar olib borishadi.
Yangi binolar atrofi obodonlashtiriladi, chiroyli yo‘laklar quriladi, anvoyi gullar ekiladi.
Ayni paytda bu yerda eski binolarni buzish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Rabbim HOTAMOV.