Bulung‘urlik sportchilar mahorat bobida xalqaro miqyosda ham ko‘zga tashlanib kelayapti. Yunon-rum kurashi ustasi, bir nechta xalqaro olimpiadalar qatnashchisi, Osiyo chempioni Mo‘min Abdullaev bu borada alohida o‘ringa ega.
Tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi rahbari Sharof Mamatqulovning shogirdi sanalmish Mo‘min Abdullaev yaqinda AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi safida qatnashib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

- Shogirdimning bu yutug‘i nafaqat meni, shuningdek, barcha bulung‘urliklarni cheksiz quvontirib, faxr baxsh etdi, - deydi Mo‘min Abdullaevning ustozi Sharof Mamatqulov. – Biz shogirdimizdan bundan keyingi nufuzli turnirlar va chempionatlarda ham yuqori ko’rsatkichlarni qo’lga kiritishiga ishinamiz.
Po‘lat G‘AFFOROV.