Jasmina Uzoqboyeva 2006-yil 11-iyulda Bulung'ur tumanida dunyoga keldi. Hozirgi kunda ota-onasi bilan tumanimizdagi "Bo'dana" mahallasi O'rtabo'z qishlog'i, Yuksalish ko'chasi 34-uyda istiqomat qiladi. U 2022-yil tumandagi 5-IDUMning 9-sinfini bitirib, tuman 1-son kasb-hunar maktabida "Tikuvchi" mutaxassisligi bo'yicha o'qishga qabul qilingan.
Jasmina maktabda tahsil olib yurgan paytlari, aniqroq aytadigan bo'lsak, 2-sinfda o'qib yurgan paytda sportning gandbol turiga qiziqib, muntazam shug'ullanib kelgan. Ushbu sport turiga qiziqishiga sabab oilada opasi Shahodat sportning bu turiga qatnashib, Respublika terma jamoasida qator nufuzli musobaqalarda ishtirok etib kelgan. Jasmina opasining sportda erishayotgan yutuqlariga havas bilan qarab, "men ham kelajakda opam singari terma jamoa safida o'ynab, mamlakatimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'taraman", deya orzu qilgan edi. U muvaffaqqiyat va g'alabalar o'z-o'zidan bo'lmasligini, buning ortida mashaqqatli mehnat yotganligini ma'nan va ruhan his qilar edi. Mana shu hissiyot uni gandbol sport turi bilan mukammal shug'ullanishga da'vat etdi.
Gandbol sport turi bo'yicha boshlang'ich tushuncha va ko'nikmalarni u opasidan puxta o'zlashtirib, o'sha paytda 5-IDUMda gandboldan o'quvchi qizlarga saboq berib kelayotgan murabbiy Gulasal Boboqulovaning ham e'tiboriga tushadi. Murabbiy Jasminaning sportga bo'lgan qiziqish va iqtidorini o'z vaqtida payqab, u bilan mukammal shug'ullanib, iste'dodini yanada takomillashtirib bordi. Sportchi qiz Jasmina o'sha paytlardayoq tuman va viloyat musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo'lga kiritdi.
Jasmina Mahmud qizi 6-sinfida O'rta Osiyo miqiyosida oliy toifali murabbiy Abdurahim Boboqulovga shogird bo'lib tushdi. U kishining murabbiyligida shug'ullanishni boshlaydi. Abdurahim Boboqulov Jasminaning iqtidorli sportchi qiz bo'lib voyaga yetishida alohida o'ringa ega. Jasmina u kishi rahbarligida bir qator g'alabalarga erishdi. Xususan, u 2022-yilda "Umid nihollari - 2022" musobaqasining Respublika final bosqichi g'olibi, "O'zbekiston Mustaqilligi" kubogi sovrindori va ayollar o'rtasida O'zbekiston oliy liga chempionati sovrindori bo'ldi. Shu bilan bir qatorda sportdagi samarali faoliyati bois O'zbekiston gandbol federatsiyasi tomonidan Jasmina Uzoqboyeva Samarqand viloyat va Respublika terma jamoasi a'zoligiga qabul qilindi.
Jasmina Uzoqboyeva 2023-yilning 25-29-may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida gandbol bo'yicha 2005-2006-yillarda tug'ilgan o'g'illar va qizlar jamoalari o'rtasida O'zbekiston va Belarus davlatlari o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 30 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etib qaytdi. Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning o'g'illar va qizlar terma jamoalari munosib ishtirok etib, turnir shohsupasining uchinchi pog'onasidan joy oldi. E'tiborlisi, Jasmina Uzoqboyeva mazkur musobaqaning eng faol ishtirokchisi, deya e'tirof etildi.
Shu munosabat bilan kasb-hunar maktabining o'qituvchilari va o'quvchi yoshlari ishtirokida Jasmina Uzoqboyeva bilan tantanali uchrashuv o'tkazildi. Tadbirda kasb-hunar maktabining direktori M.Namozov Jasminaning sportda erishayotgan yutuqlariga muvaffaqqiyatlar tiladi va ma'muriyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi. Shuningdek, M.Namozov ushbu uchrashuvda ishtirok etayotgan o'quvchining onasi Nilufar opa Abilovani ham farzandining erishayotgan yutuqlari bilan muborakbod etib, kasb-hunar maktabi ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

Oybek KAMOLOV,
tuman 1-son kasb-hunar maktabi psixologi.