Qish kunlarida tog‘ oldi qishloqlarda to‘ylarda “Ko‘pkari” o‘yinlari avjiga chiqadi. Polvonlarga sovringa ega bo‘lishdan ham g‘olib sifatida nomi e’lon qilinishi muhim. Ko‘pkarili to‘y qilaman degan kishi sovrin uchun turli xo‘jalik buyumlari, gilamlar, qo‘y, qoramol, toychoqlar va hatto avtomashinalar ham qo‘yishga intiladi.
Biz istiqomat qilayotgan Esonturdi mahallasida ham sahovatpesha insonlar talaygina. Joriy yilda elga osh berib, polvonlarning, yoshu-qarining, nuroniylarning duolarini olgan mahalladoshlarimizdan Muhammad Aliqulov, Sattor Qodirov, Mirza Ko‘chimov, Saidmurod polvon kabi sahovatpesha insonlar to‘y oldidan mahallamizdagi 15 nafar keksa va qariyalar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarimizning holidan xabar olishdi. Ana shunday oilalarning ayrimlariga qo‘y, qoramol va pul mablag‘lari ulashdi.
Shuningdek, serhimmat hamqishlog‘imiz Olim Jo‘raev ham ko‘pkarili to‘y qilishidan oldin bemor mahalladoshimiz Asqar Ortiqovga sog‘ligini tiklashiga ko‘mak tarzida 1.000.000 so‘m, Sattor Qodirov oilasiga 500.000 so‘m, keksa onaxon Roqiya Egamberdievaga ham 500.000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatdi.
Bunday xayrli ishlar odat tusiga kirib borayotganidan barcha mamnun.

Hamroqul MAHMUDOV,
Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarosi.