MUAMMOLAR YECHIM TOPDI
Tuman prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to'g'risida"gi PQ-4102-sonli Qarori ijrosi doimiy nazoratga olingan.
Tuman prokuraturasi tomonidan sektorda ish sifatini oshirish hamda vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, o'tgan 2023-yilning 1-choragida 2-sektor rahbari tomonidan 13 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar, 13 marotaba sayyor qabullar, 13 marotaba tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, sayyor qabullarda 1171 nafar fuqarolar ishtirok etishdi, 104 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, barchasi hal etilgan.
Joriy yil mart-aprel oylarida 2-sektor tomonidan hududdagi mahallalardagi qabristonlar ahvoli o'rganilganda, mavjud 12 ta qabristonlar ahvoli qoniqarsiz darajada bo'lib, ularni obodonlashtirish zarurligi aniqlandi. 2-sektor tashabbusi bilan 8 ta mahalladagi 12 ta qabristonlar mahalliy aholi tomonidan hashar yo'li bilan obodonlashtirildi. Hasharda fuqarolar ixtiyoriy ravishda ommaviy qatnashishdi va barcha qabristonlarga olib boruvchi yo'llar, qabriston ichkarilari va atroflari to'liq obodonlashtirildi.
Bundan tashqari mahalla ko'chalari atrofiga 4 mingdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.
2-sektor boshchiligida tumanning "Kildon" mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan mahallaning 0.8 km ta'mirtalab ichki yo'lini ta'mirlash bo'yicha yo'llagan murojaatiga asosan tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasining texnikalarini jalb qilgan holda "Kildon" mahallasining 0.8 km ichki yo'liga shag'al tosh yotqizilib, dastur asosida asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
"Esonturdi" mahallasining 3.5 km ichki yo'llariga ham dastur asosida asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.
2-sektor hududidagi "Mirza ariq" mahallasi aholisini ko'p yillardan buyon ichimlik suvi muammosi qiynab kelar edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi 408-sonli Qaroriga asosan "Mirza ariq" mahallasida yangi suv inshooti barpo etilib, 2 km dan ortiq masofaga suv tarmog'i tortildi. Natijada 200 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
2-sektor hududida pandemiya sharoitida moddiy yordamga muhtoj 1010 ta ehtiyojmand oilalardan 1041 nafar mehnatga layoqatli oila a'zosining bandligini ta'minlash maqsadida "Temir daftar" ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, ko'rsatilgan amaliy yordamlar natijasida 2023-yilning 16-mart kungi holatiga ko'ra, 867 ta oila (86 foiz) toifadan chiqarilgan.
Xatlov davomida daftarda turgan 143 ta oilaning 151 nafar mehnatga layoqatli a'zolarning mavjudligi aniqlanib, tuman Bandlikka ko'maklashish markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda ular bilan manzilli ishlash orqali bandligini ta'minlash choralari ko'rilmoqda.
Sektor hududidagi 14 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida o'tkazilgan xatlov yakuni bo'yicha 30 yoshdan yuqori bo'lgan 1349 nafar xotin-qizlar "Ayollar daftari" elektron platformasiga kiritilgan bo'lib, ularga 6 ta yo'nalish asosida zarur yordamlar ko'rsatildi. Ulardan 326 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar sifatida birinchi toifaga, 31 nafari tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar sifatida ikkinchi toifaga, 525 nafari boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar sifatida uchinchi toifaga, 5 nafari uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar sifatida 5,1 toifaga, 296 nafari ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan xotin-qizlar, 166 nafari qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar sifatida oltinchi toifaga kiritilgan.
2023-yil 1-chorak yakuniga qadar 250 nafar ayollarning muammosi o'z yechimini topib, qolgan 1099 nafar xotin-qizlarning ham mavjud muammolarini yo'l xaritadan belgilangan muddatda ijobiy hal etib, daftardan chiqarish choralarini ko'rilmoqda.
O'rganish kuniga qadar 18-30 yoshdagi jami 10302 nafar yoshlar bilan suhbat o'tkazilib, xatlov natijasida ularning 135 nafari "Yoshlar daftari" ro'yxatiga kiritilgan.
Ko'rsatilgan manzilli yordamlar natijasida 111 nafar (82,2 foiz) yoshlar toifadan chiqarilgan. Shundan 15 nafarining doimiy bandligi ta'minlangan, 3 nafariga mehnat qurollari berilgan, 15 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan, 57 nafariga 30 yillik shartnoma bilan 30-35 ga dan yer maydonlari ajratilgan, 5 nafariga to'lov kontrakt pullari to'lab berilgan, 15 nafari kelajak kasblariga o'qtilgan bo'lsa, 1 nafar yoshning psixologik xizmat uchun xarajatlari to'lab berilgan.
2023-yil yanvar oyi sovuq kelganligi munosabati bilan 2-sektor bo'yicha 50 dan ortiq ehtiyojmand xonadonlarga 200 kg dan ko'mir mahsulotlari tarqatilgan bo'lsa, sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarga asosan 40 ta gaz ballon bilan ta'minlanmagan oilaga 40 dona suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.
Tuman prokurori - 2-sektor rahbari tashabbusi bilan "Kichik Kildon" mahallasida yashovchi Nomozova Gulnora va Qodirov Alijon, "Sayiltepa" mahallasida yashovchi Alimqulov Baxtiyor, "Sarqipchoq" MFYda yashovchi Jo'rayeva Norxol, "Esonturdi" MFYda yashovchi To'rayev Sa'dullaning xonadonlarida homiylar hisobidan iftorlik dasturxoni tashkil qilindi.
Shuningdek, 2-sektor rahbari tashabbusi bilan muntazam ravishda 2-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berib kelinmoqda.

Sobirjon SAIDOV,
tuman prokurori, 2-sektor rahbari.
tuman prokurori, 2-sektor rahbari.