Tumanda o‘tgan 2022-yilda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish bo‘yicha birmuncha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Cho‘yantepa MFYda joylashgan 14-sonli, 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida investitsiya davlat dasturi asosida rekonstrsiya ishlari amalga oshirilib, 150 nafar, Kaptarxona MFYda 1 ta 200 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 200 nafar, 13 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 375 nafar hamda 26 ta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan 37 ta majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlariga 1080 nafar, jami 1805 nafar bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olindi.
Tumanda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasmturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida dasturli ishlar amalga oshirilayapti.
2022-yilda 3-7 yoshli bolalar 17680 nafarni tashkil etib, 28 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 7893 nafar, 8 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 665 nafar, 131 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3907 nafar, jami 12465 nafar 3-7 yoshli bolalar 167 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Tumanda 2022-yilda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Cho‘yantepa MFYda joylashgan 14-sonli, 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida investitsiya davlat dasturi doirasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib 150 nafar, maktabgacha ta’lim tashkilotida 200 nafar, 13 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 375 nafar hamda 26 ta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan 37 ta majburiy bepul yillik tayyorlov guruhlariga 1080 nafar, jami 1805 nafar bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olindi.
26 ta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan 37 ta majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlariga 1080 nafar, jami 1805 nafar bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olindi.
2022 yilda yangi tashkil etilgan 14 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 38 ta hamda 26 ta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan 37 ta majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarida 74 ta jami 112 ta ish o‘rinlari yaratildi.
2022-yilda Bulung‘ur tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi “Cho‘yantepa” MFY hududida joylashgan, quvvati 150 o‘rin bo‘lgan 14-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti “Investitsiya”davlat dasturiga ko‘ra Respublika mablag‘lari hisobidan 3 mlrd. 294 mln. so‘mga rekonstruksiya qilindi.
Bundan tashqari, 2022-yilda,"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish davlat dasturiga tushgan “Chorbog‘`” MFY hududida yangi quvvati 60 o‘rin bo‘lgan 35-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Respublika mablag‘lari hisobidan 1 mlrd. 606 mln. so‘mga qurildi.
2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Bulung‘ur" MFY 1-sektor hududida joylashgan. Tashkilotda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 47 mln. so‘mga isitish tizimi joriy ta’mirlandi va 2 dona yaroqsiz holga kelgan isitish qozonlari yangisiga almashtirildi.
4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Ulug‘bek" MFY 4-sektor hududida joylashgan. Tashkilotda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 321 mln. so‘mga eski tomidagi shiferlaryangi tunukaga almashtirildi, eski deraza va eshik romlari yangi AKFA romlariga almashtirildi hamda polini almashtirish ishlari olib borildi.
5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Istiqlol" MFY 1-sektor hududida joylashgan. Tashkilotda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 24 mln. so‘mga 1 dona yaroqsiz holga kelgan isitish qozoni yangisiga almashtirildi. Shuningdek, 8-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Do‘stlik" MFY 3-sektor hududida joylashgan bo‘lib, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 135 mln. so‘mga isitish tizimi joriy ta’mirlandi va 7 dona yaroqsiz holga kelgan isitish qozonlari yangisiga almashtirildi.
22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Qirqshodi" MFY 2-sektor hududida joylashgan. Tashkilotda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 294 mln. so‘mga isitish tizimi joriy ta’mirlardi va 4 ta eskiisitish qozonlari yangilandi. 23-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Mingchinor" MFY 1-sektor hududida joylashgan bo‘lib, tashkilotda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 48 mln. so‘mga isitish tizimi joriy ta’mirlandi va 2 dona yaroqsiz holga kelgan isitish qozonlari o‘rniga yangisi o‘rnatildi.
27-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Kattaqishloq" MFY 3-sektor hududida joylashgan. Tashkilotda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 71 mln. so‘mga isitish tizimi joriy ta’mirlandi va 3 dona yaroqsiz holga kelgan isitish qozonlari yangisiga almashtirildi.
Shuningdek, 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti "Yangiariq" MFY 3-sektor hududida joylashgan bo‘lib, tashkilot mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan gazlashtirildi.
2022-2023-yillar kuz-qish mavsumi uchun avvaliga 420 tonna, keyin yana qo‘shimcha 40 tonna, jami 460 tonna ko‘mir yoqilg‘isi keltirilib, bo‘lim tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi.
2023-yilda Bulung‘ur tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan “Zarafshon” MFY hududida joylashgan, quvvati 120 o‘rin bo‘lgan 25-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va Oqtosh” MFY hududida joylashgan, quvvati 150 o‘rin bo‘lgan 30-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti “Investitsiya” davlat dasturiga ko‘ra Respublika mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, Olmazor” MFY hududida joylashgan Yangi O‘zbekiston massivida quvvati 180 o‘rin bo‘lgan yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi rejalashtirilgan.
1, 2, 3, 4, 9, 10, 12, 13, 17-con davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan joriy ta’mirlash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, bo‘lim va 14 ta (1, 7, 8, 13, 14, 15, 18, 21, 24, 26, 27, 28, 29 va 34-son) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan quyosh batareyasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1 donadan yong‘in qalqoni va 2 donadan maishiy chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
2022-yil davomida maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi inventar va jihozlar bilan ta’minlandi: ya’ni, 15 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 1 donadan, jami 15 dona noutbuk, 28 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 1 donadan jami 28 dona printer, 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari96 metr gilam, 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 60 donadan, jami 120 dona matras, 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 60 donadan jami 120 dona ko‘rpa, 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 60 donadan, jami 120 dona yostiq, 27 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 25 donadan 675 dona ko‘rpa-yostiq-jildlar bilan ta’minlandi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022 yilda tashkil etilgan majburiy ta’lim guruhlari 8 turdagi (bolalar stoli, bolalar stuli, tarbiyachi uchun 1 tumbali stol, yarim yumshoq stul, tarbiyachi uchun hujjatlar shkafi, didaktik materiallar uchun shkaf, doska va kiyim ilgich) mebellar to‘plami bilan ta’minlandi.
2022-yil tashkil etilgan majburiy ta’lim guruhlari uchun 51 dona gilamlar maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etildi.
Dilshod AHMEDOV,
tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri.