Respublikamiz hududida 2022 yil 15 noyabr - 15 dekabr kunlari o‘tkazilib kelinayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da barchamiz faol qatnashaylik!
Ovqatdan zaharlanish – botulizm - sanitariya me’yorlariga amal qilmay, uy sharoitida termik zararsizlantirish qoidalarini buzib tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilinganda vujudga keladigan va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadigan og‘ir kasallikdir.
Ovqatdan zaharlanish kasalligining manbalari quyidagi ozuqa moddalari bo‘lishi mumkin: turli sabzavotlar, mevalar, qo‘ziqorin, baliq va baliq mahsulotlari, dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlari, konserva mahsulotlari.
Ovqatdan zaharlanganlikni qanday bilish mumkin, ya’ni kasallangan bemorda qanday klinik belgilar kuzatiladi:
- odamning boshi og‘riydi;
- ko‘ngli aynib, qusadi, og‘zi quriydi;
- ko‘z oldi qorong‘ilashib, buyumlarni ikkita ko‘ra boshlaydi (diplopiya);
- ko‘z qorachig‘i kengayadi;
- nutqi buziladi (afoziya);
- nafas olishi qiyinlashadi;
- yutinishi qiyinlashadi;
- yuragi to‘xtab qolayotganday tuyuladi.
Kasallikning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:
- uy sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash vaqtida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish;
- turli xildagi salatlar tayyorlashda unga ishlatiladigan maxsulotlarning sifat sertifikatining mavjudligiga, ishlab chiqarilganligi haqidagi yorliqlarning borligiga e’tibor berish;
- sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ngra qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish;
- konserva tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlarni 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak.
E.ERGAShEV,
tuman FVB FM bo‘linmasi boshlig‘i, leytenant.