Hozir ayni qish payti. Tez orada “Yangi yil” ni kutib olish uchun toʻkin dasturxon yozamiz. Bunday vaqtda koʻpchilik bekalar yoz boʻyi berkitgan bankalarini ochib dasturxonga qoʻyishga harakat qiladi. Afsuski aynan mana shu bayramlarga boy kuz-qish mavsumida botulizmdan jabr koʻrgan koʻpgina hamyurtlarimiz shifoxonaga tushib qolishadi.
Toʻgʻri, uyda bekalarimiz tayyorlagan mahsulotlar dasturxonga koʻrk bagʻishlashi mumkin. Biroq, koʻza kunda emas, kunida sinadi. Uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan botulizm zahari bilan zararlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanishlarning eng ogʻir turi – botulizm kasalligiga duchor boʻlish mumkin.

Ehtiyotkorlik - profilaktikada muhim qadam
Botulizm oʻzi nima? Bu ovqatdan zaharlanishning bir muncha ogʻir va oʻlim koʻrsatkichi yuqori boʻlgan turi hisoblanadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi kislorodsiz sharoitda rivojlanadi va oʻzidan zahar ishlab chiqaradi.Uy sharoitida konserva mahsulotlari tayyorlashda hamma ham zarur texnologik jarayonlar, sanitariya va shaxsiy gigiyena qoidalarga toʻliq rioya qilmaydi. Natija esa oʻzingizga maʼlum...
Garchanbotulizm qoʻzgʻatuvchilari kislorodli sharoitda nobud boʻlsa-da, botulizm bilan zararlangan sabzavotlar, qoʻziqorin, goʻsht, baliq konserva mahsulotlari ochilganda ham ular ishlab chiqargan zahar saqlanib qoladi. Zaxargatashqi muhit omillari taʼsir etmaydi.

Aynigan mahsulotni qanday bilamiz?
Botulizm bilan zararlangan konserva mahsulotlarining tashqi koʻrinishi va taʼmida deyarli oʻzgarish kuzatilmaydi. Ayrim holatlarda esa idishning qopqogʻi “shishishi” mumkin. Bunday mahsulotlarni umuman isteʼmol qilish yaramaydi. Afsuski, ayrim uy bekalari konservalangan sabzovotni ochib, bir necha daqiqa qaynatgach, ovqatga ishlatsa boʻladi, deb hisoblaydi. Bu fikr mutlaqo notoʻgʻri. Bunday “tejamkorlik” kimning yoki kimlarningdir salomatligiga jiddiy putur yetkazishi, hatto umriga zomin boʻlishi mumkin.
Botulizmdan zaharlangan odamda kasallik belgilari ikki soat oʻtib, yoki sakkiz-oʻn kun davomida paydo boʻladi. Zahar asosan markaziy nerv tizimini falajlaydi, natijada nafas olish qiyinlashadi, holsizlik, koʻngil aynishi, qusish, qorin sohasida ogʻriq kuzatiladi. Jismlar koʻziga ikkita boʻlib koʻrinishi (diplopiya), koʻz qovoqlarini osilib qolishi (ptoz), yutish qiyinlashishi va gapirish qobiliyati pasayishi, boʻyin va oyoq mushaklari zaiflashishi kasallikning klinik belgilari hisoblanadi.

Zaharga qarshi zardobsiz ish bitmaydi
Kasallikni uy sharoitida oʻz bilganicha davolash qatʼiyan man etiladi. Botulizmdan zaharlanish sodir boʻlganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. Hozirda tibbiyotda zaharga qarshi maxsus zardoblar mavjud boʻlib, bemorga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilsa bu holat asoratsiz kechishi mumkin.
Aksariyat kasalliklar singari botulizmning oldini olish ham insonning oʻz qoʻlida
Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot xonadon sharoitida bodring, pomidor, pattison marinadlari, baklajon ikrasi, umuman konserva mahsulotlarini tayyorlash va isteʼmol qilishni tavsiya etmaydi.
Agar oila aʼzolaringiz, farzandlaringiz sogʻlom boʻlishini istasangiz, isteʼmol uchun yaroqsiz konserva mahsulotlaridan voz keching. Ayniqsa, bozorlar, koʻcha-kuylardagi noqonuniy savdo rastalarida sotilayotgan konservalangan mahsulotlarni xarid qilmang.
Shuni unutmaslik kerakki, avvallari ham onalarimiz uy sharoitida pomidordan qoqi, uzum, shaftoli, oʻrik, behi kabi mevalardan esa qiyom, bodring, pomidor, karamdan esa sirli idishlarda tuzlamalar tayyorlashgan. Bu xolda tayyorlangan qiyom va tuzlamalarni isteʼmol qilish xavfsizdir.

Bugun yurtimizdagi qaysi bir savdo majmuasi va bozorga kirsangiz, belgilangan talablar asosida ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarining barcha turlari bisyor. Ushbu mahsulotlarning sifati muvofiqlik sertifikati bilan kafolatlangan.
Unutmang, har birimiz oʻzimiz va oila aʼzolarimiz salomatligi uchun masʼulmiz!

Ulugʻbek XASANOV,
Bulungʻur tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi boʻlimi epidemiolog shifokori