Ovqatdan zaharlanish - botulizm sanitariya meʼyorlariga amal qilmay, uy sharoitida termik zararsizlantirish qoidalarini buzib tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilinganda vujudga keladigan va markaziy asab tizimining shikastlanishi bilan kechadigan ogʻir kasallikdir.
Ovqatdan zaharlanish kasalligining manbalari quyidagi ozuqa moddalari boʻlishi mumkin: turli sabzavotlar, mevalar, qoʻziqorin, baliq va baliq mahsulotlari, dudlangan tovuq goʻshti, kolbasa mahsulotlari, konserva mahsulotlari.
Ovqatdan zaharlanganlikni qanday bilish mumkin, yaʼni kasallangan bemorda qanday klinik belgilar kuzatiladi:
• odamning boshi ogʻriydi;
• koʻngli aynib qusadi, ogʻzi quriydi;
• koʻz oldi qorongʻilashib, buyumlarni ikkita koʻra boshlaydi (diplopiya);
• koʻz qorachigʻi kengayadi;
• nutqi buziladi (afoziya);
• nafas olishi qiyinlashadi;
• yutinishi qiyinlashadi;
• yuragi toʻxtab qolayotganday tuyuladi.
Kasallikning oldini olish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?
• uy sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash vaqtida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish;
•turli xildagi salatlar tayyorlashda unga ishlatiladigan mahsulotlarning sifat sertifikati mavjudligiga, ishlab chiqarilganligi haqidagi yorliqlarning borligiga eʼtibor berish;
• sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslangan boʻlishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, soʻngra qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish;
• konserva tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlarni 20 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt davomida qaynatish kerak.
Shu kabi xavfsizlik talablariga rioya qilish botulizmning hayot uchun xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.

BOTULIZM – OVQATDAN ZAHARLANISH
Elyor ERGASHEV,
tuman FVB Tezkor boʻlinmasi boshligʻi, katta leytenant.